Xalqaro hamkorlik

image

Oʻzbekiston Respublikasi mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti hozirda Аeronavtika xalqaro federatsiyasi (FAI), Xalqaro biatlon ittifoqi (IBU), Xalqaro Kemamodelchilik federatsiyasi (NAVIGA), Xalqaro triatlon uyushmasi (ITU), Osiyo triatlon konfederatsiyasi (ASTC)ning toʻlaqonli aʼzosi hisoblanadi.

Mazkur xalqaro federatsiyalar bilan oʻzaro hamkorlik ishlari tegishli kongress, konferensiya va syezdlarda tasdiqlanadigan har yillik sport tadbirlari kalendar rejasiga muvofiq amalga oshiriladi.

Xalqaro sport tashkilotlariga aʼzolik tegishli sport yoʻnalishlarini rivojlantirishga doir masalalarda ovoz berish huquqini va Oʻzbekiston sportchilarining nufuzli xalqaro musobaqalarda ishtirok etish imkoniyatini beradi.

Shuningdek, 2019 yilda Oʻzbekiston Respublikasi mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy kengashi va Rossiya Federatsiyasi DOSААF (Аrmiya, aviatsiya va flotiga koʻmaklashuvchi koʻngillilar jamiyati tashkiloti) oʻrtasida hamkorlik kelishuvi imzolangan.

Rossiya Federatsiyasi DOSААF (Аrmiya, aviatsiya va flotiga koʻmaklashuvchi koʻngillilar jamiyati tashkiloti)

 

 

Osiyo triatlon konefederatsiyasi

 

 

Аeronavtika xalqaro federatsiyasi

 

 

Xalqaro biatlon ittifoqi

 

 

Xalqaro triatlon uyushmasi

 

 

Xalqaro Kemamodelchilik federatsiyasi