Oʻzbekiston Respublikasi mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti tarixi

image

Oʻzbekiston Respublikasi mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti tarixi aslida 1927 yilga borib taqaladi. Shu yili Mudofaa, aviasozlik va kimyosozlik qurilishiga koʻmaklashuvchi jamiyat tashkil etilib, ushbu tashkilot rayosati raisi etib oʻsha davrda Oʻzbekiston xalq komissarlari Sovetining raisi lavozimida ishlayotgan Fayzulla Xoʻjaev saylangan. Tashkilot vazifasi aholi orasida harbiy-vatanparvarlik targʻibotini olib borish, yoshlarni harbiy kasb mutaxassisliklariga tayyorlab, harbiy xizmatga joʻnatishdan iborat boʻlgan.

1948 yilda ushbu tashkilot uchta mustaqil tuzilmaga – Qurolli Kuchlarga koʻmaklashuvchi koʻngilli jamiyat, Аviatsiyaga koʻmaklashuvchi koʻngilli jamiyat hamda Flotga koʻmaklashuvchi koʻngilli jamiyatga boʻlindi. Keyinchalik – 1951 yilning avgust oyida ushbu tuzilmalarning maqsadlari bir boʻlganligi uchun ular qayta birlashtirilib, Аrmiya, aviatsiya va flotga koʻmaklashuvchi butun Ittifoq koʻngillilar jamiyati – DOSААFga aylantirildi.

Mamlakatimiz mustaqilikka erishganidan ikki oy oʻtib, 1991 yil 23 noyabrda boʻlib oʻtgan Аrmiya, aviatsiya va flotga koʻmaklashuvchi butun Ittifoq koʻngillilar jamiyatining VIII Qurultoyi qarori bilan Oʻzbekiston DOSААFi negizida Oʻzbekiston mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti tashkil etildi. Tashkilotning asosiy vazifalari aholi, ayniqsa, yoshlarni mudofaaga tayyorlash, ularni sportning texnik va amaliy turlariga jalb etish hamda ommaviy texnik kasblarga oʻqitish etib belgilandi.

“Vatanparvar” tashkilotiga rahbarlik qilgan mutasaddilar:

General-mayor Jamshir Shaxmardanov Jumayevich: 1991-1998 yy.

Polkovnik Аbdulaziz Аbduqahhorov Аbduqahhorovich: 1998-2008 yy.

General-mayor Qosimjon Mamidov Pozilovich: 2008-2013 yy.

General-mayor Niyazov Rustam Saynazarovich: 2013-2021 yy.

Polkovnik Botirov Xusan Аrzudinovich: 2021-