“Vatanparvar” tashkilotining “E-AVTOMAKTAB” onlayn ta’lim platformasini
faol yuritib kelayotgan muassasalar taqdirlandi

icon 20.12.2021

icon 36
image

O‘zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy kengashi raisining tegishli buyrug‘iga binoan, tashkilotning “E-AVTOMAKTAB” onlayn ta’lim platformasini yuritish bo‘yicha yuqori natijalarni ko‘rsatib kelayotgan hududiy kengashlar munosib taqdirlandi. Natijalarga ko‘ra, bu borada 1-o‘rin Namangan, 2-o‘rin Farg‘ona va 3-o‘rin Buxoro viloyatlari kengashlari munosib deb topildi.

Shuningdek, “Vatanparvar” tashkilotining hududiy kengashlari tasarrufidagi quyidagi muassasalar “E-AVTOMAKTAB” onlayn ta’lim platformasini yuritish bo‘yicha yuqori o‘rinlarga sazovor bo‘ldi:

1. Buvayda tumani O‘quv sport texnika klubi (Farg‘ona v.) – 100,0 ball;

2. Paxtaobod tumani O‘STK (Andijon v.) – 99,04%;

3. Buxoro tumani O‘STK (Buxoro v.) – 98,89%;

4. Sergeli tumani O‘STK (Toshkent sh.) – 95,46%;

5. Boyovut tumani O‘STK (Sirdaryo v.) – 94,86%;

6. Shahrisabz tumani O‘STK (Qashqadaryo v.) – 94,15%;

7. Yangiqo‘rg‘on tumani O‘STK (Namangan v.) – 94,08%;

8. Parkent tumani O‘STK (Toshkent v.) – 93,84%;

9. Chimboy tumani O‘STK (Qoraqalpog‘iston R.) – 93,58%;

10. Konimex tumani O‘STK (Navoiy v.) – 93,11%;

11. Jarqo’rgon tumani O‘STK (Surxondaryo v.) – 90,43%;

12. Samarqand viloyati texnik va amaliy sport turlari markazi – 89,55%;

13. Xazorasp avtomobil maktabi (Xorazm v.) – 87,51%;

14. Sharof Rashidov O‘STK (Jizzax v.) – 83,93%.

Yuqori natijalarni ko‘rsatgan ushbu hududiy kengashlar va ularning tasarrufidagi muassasalarga “Vatanparvar” tashkilotining Axborot texnologiyalari markazi tomonidan kompyuter jamlanmalari sovg‘a tariqasida topshirildi.

Eslatib o‘tamiz, “E-AVTOMAKTAB” onlayn masofaviy ta’lim platformasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 31 maydagi 408-sonli Qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti tasarrufidagi Axborot texnologiyalari markazi tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, ushbu platforma bir qator qulayliklarga ega. Jumladan:

– o‘qish uchun ariza va hujjatlarni masofaviy tarzda qabul qilish, o‘quvchilarni ro‘yxatga olish, guruhlarni shakllantirish;

– o‘quvchilarning davomati va o‘zlashtirishi monitoringini olib borish;

– davlat talablariga muvofiq butun o‘quv jarayonini qamrab oladigan 3D/2D animatsiya effektlariga va videokontentga ega bo‘lgan elektron o‘quv-metodik qo‘llanmalar bilan ta‘minlash;

– bilimlarni o‘zlashtirish sifatini aniqlash uchun davlat talablariga muvofiq 3D/2D animatsiya effektlariga ega bo‘lgan yagona test dasturi bilan ta’minlash (guvohnoma asosida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan);

– o‘qituvchi va instruktorlarni hisobga olish;

– to‘lovlarni nazorat qilish;

– turli mezonlar asosida moliyaviy, tahliliy hisobot va statistik ma’lumotlarni chiqarish (yuklab olish) va h.k.

O‘zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko’maklashuvchi
“Vatanparvar” tashkiloti Matbuot xizmati