Vatanimga tayanchman!

icon 13.01.2022

icon 16
image

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 30 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan joriy yilning 11 yanvar kuni “Vatanparvar” tashkiloti Toshkent shahar kengashi tomonidan Sergeli tumani O‘quv sport texnika klubida “Vatanimga tayanchman” mavzusida harbiy-vatanparvarlik tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda, shuningdek, Sergeli tumani hokimligi vakillari, Mudofaa vazirligi Toifalangan ob’ektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligi harbiy xizmatchilari hamda bir guruh yoshlar ishtirok etdi.
Tadbir mobaynida milliy armiyamizga qaratilayotgan yuksak e’tibor va yangilanishlar, amalga oshirilayotgan izchil islohotlar, shuningdek, harbiylikning sharafi va mas’uliyati xususida so‘z yuritildi.

Shuningdek, tadbir ishtirokchilariga O‘zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Toshkent shahar kengashi tomonidan aholi, ayniqsa, yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning ongiga vatanparvarlik, Vatanga muhabbat, mehnatga mas’uliyatli munosabat, harbiy xizmatga hurmat tuyg‘ularini singdirish, yoshlar o‘rtasida sportning texnik va amaliy turlarini ommalashtirish va ularni ommaviy texnik kasblarga tayyorlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumotlar berildi. Jumladan, o‘tgan yil davomida poytaxtimizda “Vatanparvar” tashkiloti tomonidan 340 dan ortiq harbiy-vatanparvarlik tadbirlari va 100 dan ziyod sport musobaqalari o‘tkazilgan bo‘lsa, 10 mingga yaqin fuqarolar ommaviy texnik kasblarga tayyorlandi.

O‘zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko‘maklashuvchi
“Vatanparvar” tashkiloti Matbuot xizmati