Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 23 apreldagi “Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik koʼrish va uni oʼtkazish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PQ-4298-sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Oʼzbekiston mudofaasiga koʼmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy kengashi, Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Oʼzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi hamkorlikda 9 may “Xotira va qadrlash” kuniga bagʼishlab “Uch avlod uchrashuvi” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi. Tadbir 2019 yil 6 may kuni Oʼzbekiston mudofaasiga koʼmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy kengashi binosida boʼlib oʼtdi.