Сайт работает в тестовом режиме!

Muallifga xatolar bo`yicha xabar berish



OʼZBEKISTON MUDOFААSIGА KOʼMАKLАSHUVCHI

“VАTАNPАRVАR” TАSHKILOTI 

USTАVI

I. UMUMIY QOIDALAR

1. Oʻzbekiston mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti (keyingi oʻrinlarda Tashkilot deb nomlanadi) ixtiyoriy uyushgan fuqarolarning ommaviy-mudofaa, sport-texnik va harbiy-vatanparvarlik faoliyati boʻyicha umumiy manfaatlarini qondirish va Tashkilotning Ustavida belgilangan maqsadlarga erishish uchun tuzilgan jamoat birlashmasi tashkiliy-huquqiy shaklidagi nodavlat notijorat tashkiloti hisoblanadi.
Tashkilotning oʻzbek tilidagi toʻliq nomi lotin alifbosida: 
“Oʻzbekiston mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti”. 
Tashkilotning oʻzbek tilidagi toʻliq nomi kirill alifbosida: 
“Oʻzbekiston mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti”.
Tashkilotning oʻzbek tilidagi qisqartirilgan nomi lotin alifbosida:
“Vatanparvar” tashkiloti. 
Tashkilotning oʻzbek tilidagi qisqartirilgan nomi kirill alifbosida:

“Vatanparvar” tashkiloti”.
Tashkilotning rus tilidagi toʻliq nomi:
Organizatsiya sodeystviya oborone Uzbekistana “Vatanparvar”.
Tashkilotning rus tilidagi qisqartirilgan nomi:
          Organizatsiya  “Vatanparvar”.
2. Tashkilot nodavlat notijorat tashkiloti hisoblanadi, foyda olishni oʻzining asosiy maqsadi qilib qoʻymaydi va olingan foydani aʼzolari oʻrtasida taqsimlamaydi.
3. Tashkilot Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, “Nodavlat notijorat tashkilotlari toʻgʻrisida”gi, “Oʻzbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari toʻgʻrisida”gi, “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi, “Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida”gi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasining boshqa normativ-huquqiy hujjatlari va ushbu Ustav asosida faoliyat koʻrsatadi. 

4. Tashkilot faoliyati ixtiyoriylik, aʼzolarining teng huquqliligi, oshkoralik, oʻzini oʻzi boshqarish va qonuniylik prinsiplariga asoslanadi. 
5. Tashkilot davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan vaqtdan boshlab yuridik shaxs hisoblanadi, oʻz mulkchilik huquqida alohida mol-mulkka egalik qiladi va oʻz nomidan aktivlar olishi, mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarni  amalga oshirishi, majburiyatlar olishi, sudda daʼvogar va javobgar boʻlishi mumkin. 
Tashkilot mustaqil balansga, tegishli banklarda hisobraqamlariga, shu jumladan, valyuta hisobraqamiga, oʻz nomi yozilgan dumaloq muhrga, shtamplar va blanklarga ega boʻladi.
6. Tashkilot oʻrnatilgan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan bayroq, emblema, vimpel va boshqa ramzlarga ega boʻlishi mumkin. 

 Yuklash