Сайт работает в тестовом режиме!

Muallifga xatolar bo`yicha xabar berish



Oʼzbekiston mudofaasiga koʼmaklashuvchi “Vataparvar” tashkiloti Markaziy kengashi qoshidagi Respublika texnik va amaliy sport turlari markazi

    Respublika texnik sport markazi 1992 yilda tashkil topgan (Oʼzbekiston mudofaasiga koʼmaklashuvchi “Vataparvar” tashkiloti Markaziy kengashining 1992 yil 24 yanvardagi 19-sonli buyrugʼi) va 2000 yil 10 oktyabirida nomi “Respublika texnik va amaliy sport turlari markazi”ga oʼzgartirilgan. Oʼzbekiston mudofaasiga koʼmaklashuvchi “Vataparvar” tashkiloti Markaziy kengashi qoshidagi Respublika texnik va amaliy sport turlari markazi texnik va amaliy sport turlarini rivojlantirish va ommaviyligini oshirish maqsadida, oʼz vakolati doirasida Respublika va Xalqaro sport musobaqalarini, tanlov va sportchilarning koʼrgazmali chiqishlarini tashkil etib oʼtkazadi. Shuningdek, mutassaddi tashkilotlar bilan birgalikda yoshlar siyosati Davlat dasturlariga oid tadbirlarni tayyorgarligi va oʼtkazishda ishtirok etadi. Sportning texnik va amaliy turlari — sport natijalariga erishish uchun sportchi tomonidan umumiy jismoniy mashqlar majmuasidan tashqari, sport texnikasidan, moslamalaridan yoki texnikaviy vositalardan foydalana bilish va ularni boshqarish sohasidagi koʼnikmalar va mahorat qoʼllaniladigan, shuningdek har xil sport turlaridan olingan, amaliy ahamiyatga ega boʼlgan mashqlar birikmasidan foydalaniladigan sport turlari. Sportning texnik va amaliy turlari yoshlarni Oʼzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida xizmat qilishga tayyorlashning tarkibiy qismidir. Respublika texnik va amaliy sport turlari markazi murabbiy va mutaxassislari texnik va amaliy sport turlariga tegishli xujjatlarini tayyorlab mintaqalar murabbiy va mutaxassislarini taʼminlaydi. Respublika miqyosida xar yili tasdiqlangan kalendarь rejaga asosan Chempionat, Kubok va Birichiliklarni tashkil etadi. Ularni tayyorgarlik jarayonida sport musobaqalar oʼtkaziladigan sport inshoatlarni zamonoviy talab darajasida qurilishi, taʼmirlanishi va tadbirlarga tayyorlash, sport inshoatlarni pasportlari oʼz vaqtida taʼminlanishini rejalashtiradi. Respublika miqyosida oʼtkazilgan sport musobaqalarida sportchilarning natijalariga koʼra texnik va amaliy sport turlarining milliy terma jamolarni shakillantirib ular bilan oʼquv – mashq mashgʼulotlar orqali Xalqaro musobaqalarga terma jamoalarni puxta tayyorlaydi. Har bir sport turi sport anjomlari bilan taʼminlanishini rejalashtiradi. Respublika texnik va amaliy sport turlari markazi faoliyati va texnik va amaliy sport turlari boʼyicha, oʼtkazilayotgan sport musoboqalari, ularning natijalari hamda sportchilarning Respublika va Xalqaro sport musobokasida erishgan yutuqlarini keng axborot vositalari orqali yoritilishida amaliy yordam koʼrsatib keladi.
OLIMPIYa OʼYINLАRIGА KIRITILGАN SPORT TURLАRI
- triatlon, duatlon;
- biatlon (yozgi, qishki ); - pnevmatik miltiqdan oʼq otish (miltiq va toʼpponcha kalibr 4,5 mm.).
TEXNIK SPORT TURLАRI:
- avtomobilь sporti (avtoralli, avtokross, avto–halqa avtomobilь poygasi, karting);
- mototsikl sporti (motokross, super motokross).
MODELЬ SPORT TURLАRI:
- aviamodelь sporti (xona, erkin uchar, kord i radio boshqaruv avia modelь);
- raketomodelь sporti (harakatli va kopiya);
- kemamodelь sporti (xarakatli va kopiya);
- avtomodelь sporti (kopiya i kord).
RАDIOSPORT:
- telefonda qisqa toʼlqin radio aloqa;
- telefonda ultra qisqa toʼlqin radio aloqa;
- telegrafda qisqa toʼlqin radio aloqa;
- tezkor radiotelegrafiya.
Terma jamoalarga aʼzo boʼlgan sportchilarni sifatli tayyorgarlik koʼrishlari uchun Respublika texnik va amaliy sport turlari markazida sharoitlar yaratilgan:
- zamonoviy pnevmatik miltiq va pistoletlardan oʼq otish tiri;
- modellarini loyhalash va yasash uchun ustaxona - laboratoriyasi;
- radiosport sporchilari tayyorgarligi uchun maxsus xona;
- avtomobilь texnikasini tayyorlash uchun maxsus bokslar;
- supper motokross mototrassasi
- kord aviamodeli uchun kordodrom.
Respublika texnik va amaliy sport turlari markazi uchta Xalqaro sport federatsiyalari doimiy va toʼlahuquqli aʼzosi:
- Xalkaro Аeronavtika federatsiyasi (FAI);
- Xalqaro Kemamodelchilar ittifoqi («NAVIGA»);
- Xalqaro biatlonchilar ittifoqi (IBU).
Respublika texnik va amaliy sport turlari markazi Xalqaro sport federatsiyalariga aʼzo boʼlganligi Oʼzbekiston spotchilariga har yili nufuzli Xalqaro sport musobaqalarida ishtirok etishlariga imkon yaratib bermoqda.
Sportchilarimiz doimiy ravishda Xalqaro musobaqalarda dunyoning barcha qitʼalari sportchilari bilan teng bellashib kelmoqdalar. 2002 yil – 4 ta medallar, shundan 2 ta oltin, 2 ta bronza,
2003 yil - 18 ta medallar, shundan 6 ta oltin, 10 ta kumush, 2 ta bronza,
2004 yil - 21 ta medallar, shundan 7 ta oltin, ta 5 kumush, 9 ta bronza,
2005 yil - 63 ta medallar, shundan 16 ta oltin, 31 ta kumush, 16 ta bronza,
2006 yil - 45 ta medallar, shundan 16 ta oltin, 20 ta kumush, 9 ta bronza,
2007 yil - 58 ta medallar, shundan 20 ta oltin, 20 ta kumush, 18 ta bronza,
2008 yil - 49 ta medallar, shundan 17 ta oltin, 14 ta kumush, 18 ta bronza,
2009 yil - 39 ta medallar, shundan 15 ta oltin, 15 ta kumush, 9 ta bronza,
2010 yil - 24 ta medallar, shundan 5 ta oltin, 6 ta kumush, 13 ta bronza,
2011 yil - 36 ta medallar, shundan 13 ta oltin, 9 ta kumush,14 ta bronza,
2012 yil - 17 ta medallar, shundan 5 ta oltin, 6 ta kumush, 6 ta bronza,
2013 yil - 12 ta medallar, shundan 2 ta oltin, 5 ta kumush, 5 ta bronza,
2014 yil - 12 ta medallar, shundan 7 ta oltin, 3 ta kumush, 2 ta bronza,
2015 yil - 36 ta medallar, shundan 17 ta oltin, 10 ta kumush, 9 ta bronza,
2016 yil - 9 ta medallar, shundan 3 ta oltin, 5 ta kumush, 1 ta bronza,
2017 yil - 11 ta medallar, shundan 4 ta oltin, 3 ta kumush, 4 ta bronza;
2018 yil - 18 ta medallar, shundan 7 ta oltin, 8 ta kumush, 3 ta bronza.
2002-2018 yillar mobaynida jami 472 ta medallar, shundan,
162 oltin, 170 kumush va 140 bronza medallari qoʼlga kiritildi.