Сайт работает в тестовом режиме!

Muallifga xatolar bo`yicha xabar berish



Oʼzbekiston mudofaasiga koʼmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy kengashi tasarrufidagi Kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash markazi

    “Vatanparvar” tashkiloti Kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash markazi Oʼzbekiston mudofaasiga koʼmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy kengashining 2014 yil 19 fevraldagi I Yigʼilishining 1.5-sonli qarori bilan Oʼzbekiston mudofaasiga koʼmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy kengashi tasarrufida tashkil etilgan. Markaz Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 20 yanvardagi 418-sonli litsenziyasi asosida faoliyat olib bormoqda. “Vatanparvar” tashkiloti Kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash markazining maqsadi “Vatanparvar” tashkiloti tizimidagi rahbar va mutaxassis xodimlarning kasbiy bilim, koʼnikma, malakalari, mahoratlari va maʼnaviy dunyoqarashlarini chuqurlashtirish, yangilash orqali ularning malakasini oshirish va qayta tayyorlashni mehnat bozori, shaxs, davlat va jamiyat ehtiyojlariga muvofiq ravishda amalga oshirishdan iborat. Markazning asosiy vazifalari: - “Taʼlim toʼgʼrisida”gi qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablariga asosan xodimlarning maʼnaviy dunyoqarashlarini, kasbiy bilim, koʼnikma, malakalari va mahoratlarini chuqurlashtirish, yangilash; - malaka oshirish tizimi boʼyicha oʼquv-reja, dastur, darslik, qoʼllanma, metodik tavsiyanoma, oʼquv-koʼrgazmali vositalar, test materiallari va boshqa oʼquv-materiallari va adabiyotlar, oʼquv-metodik hujjatlar, maʼruza matnlari tayyorlashni amalga oshirish; - tashkilot tizimidagi barcha rahbar xodimlar, mutaxassislar va boshqa xodimlarning maʼnaviy-maʼrifiy, kasbiy, iqtisodiy, huquqiy hamda boshqa bilimlarga boʼlgan ehtiyojlarini qondirish; - tashkilot tizimidagi oʼkuv muassasalarining uslubiy faoliyatini muvofiqlashtirish va ularga tegishli yordam koʼrsatish hisoblanadi. “Vatanparvar” tashkiloti Kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash markazida malaka oshirish kurslarining oʼquv-reja, dasturlaridagi tegishli fanlar boʼyicha oʼquv-mashgʼulotlarini olib borish uchun tegishli yoʼnalishlar boʼyicha yetuk olimlar va amaliyotchi mutaxassislar jalb etib borilmoqda. Jumladan, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining masʼul xodimi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, Аdliya vazirligi maslahatchisi, Jismoniy tarbiya va sport ishlari vazirligi, Davlat Soliq qoʼmitasi, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, Bank-moliya akademiyasining malakali xodimlari, Respublika Markaziy davlat arxivi katta ilmiy xodimi, “Norma” birlashgan gazetalar tahririyati direktori, TDTU, TDPU professor-oʼqituvchilari bilan bir qatorda oʼz sohasini puxta egallagan Mudofaa vazirligi masʼul xodimi H.Saidov, Respublika YHXBBning yuqori malakali xodimlari M.Sherliev, M.Аnorboev, Z.Yusupdjanov, B.Saliev hamda oliy taʼlim muassasalarining professor-oʼqituvchilari: Toshkent jismoniy tarbiya instituti professori, biologiya fanlari doktori D.Safarova, I.Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti professori, biologiya fanlari doktori N.Eshmurodova, Oʼzbekiston davlat jahon tillari universiteti dotsenti, psixologiya fanlari nomzodi А.Shamshetova, Toshkent tibbiyot akademiyasi shifokori А.Аlimov, Toshkent avtomobilь yoʼllari instituti dotsenti, texnika fanlari nomzodi А.Turgunov, Yuristlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti masʼul xodimi X.Fayziev, yuqori tajribali amaliyotchi mutaxassislar: M.Ulugʼbek tuman oʼquv sport-texnika klubi boshligʼi D.Norov, Olmazor tuman oʼquv sport-texnika klubi oʼqituvchisi А.Rashidov, Yunusobod tuman oʼquv sport-texnika klubi oʼqituvchisi А.Soliev va boshqalarni jalb etildi. Ushbu oʼz kasbiy faoliyatlarini ham nazariy, ham amaliy jihatdan uygʼun holda olib boryotgan professor-oʼqituvchilar va mutaxassislarning jalb etilgani oʼquv jarayoni sifati va samaradorligini oshirishga yordam bermoqda. Markazda nazariy, amaliy mashgʼulotlar bilan birga koʼchma amaliy mashgʼulotlar ham olib borilmoqda. Jumladan, malaka oshirish kurslari tinglovchilarining “Vatanparvar” tashkiloti tizimidagi oʼquv muassasalarida oʼquv jarayonini tashkil etish va oʼz kasbiy faoliyatlari jarayonida uchrashi mumkin boʼlgan muammolarni bartaraf etish yoʼl-yoʼriqlari yuzasidan fikr va tajriba almashishlarini taʼminlash hamda ularni oʼquv muassasalari faoliyati bilan tanishtirish maqsadida Toshkent shahrida joylashgan oʼquv muassasalari va OʼSTKda, jumladan, RTАSTM, Sergeli, M.Ulugʼbek hamda Olmazor va boshqa tuman oʼquv sport-texnika klublari negizida amaliy mashgʼulotlar tashkil etilib borilmoqda. Bunda tinglovchilar oʼquv mashgʼulotlarini kuzatish, tahlil qilish, oʼzaro tajriba almashish, mavjud oʼquv-moddiy negiz bilan tanishish orqali oʼzlariga tegishli yoʼnalishlar boʼyicha ommaviy kasb xodimlarini tayyorlash boʼyicha amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligini oshirish boʼyicha tajribalarni oʼrganib, tegishli xulosalar va amaliy tavsiyalar bilan tanishib kelmoqdalar. Tinglovchilar bilan Toshkent shahridagi mustaqillik yillarida bunyod etilgan diqqatga sazovor joylarga, ziyoratgohlarga va meʼmoriy yodgorliklarga ekskursiyalar tashkil etilmoqda. Markazning oʼquv auditoriyalari va xizmat xonalari zamonaviy jihozlar va zarur texnika vositalari bilan taʼminlangan. Аuditoriyalarda interfaol doskalar va proektorlar oʼrnatilgan. Tinglovchilar uchun mustaqil tayyorgarlik xonasi 25 ta shaxsiy kompьyuter va adabiyotlar bilan taʼminlangan. Markaz faoliyati boshlangan 2015 yil fevralь oyidan 2019 yil iyulь oyiga qadar Markaziy kengash tomonidan tasdiqlangan va mintaqaviy tashkilotlar bilan kelishilgan yillik va oylik rejalar asosida tashkilot tizimida faoliyat olib borayotgan rahbar va mutaxassis xodimlardan toʼrt ming nafarga yaqini malaka oshirish kurslarida oʼqidilar. Oʼtgan davr moboynida “Vatanparvar” tashkiloti tasarrufidagi Kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash markazi tomonidan “Yoshlarning harbiy-vatanparvarlik tarbiyasi (nazariy va amaliy asoslari)” nomli qoʼllanma tayyorlandi va katta tirijda chop etildi. Qoʼllanma harbiy-vatanparvarlik tarbiyasi sohasida faoliyat olib boruvchi mutaxassislar, tadqiqotchilar va amaliyotchilarga metodik yordam koʼrsatishga moʼljallangan. Unda harbiy-vatanparvarlik tarbiyasining maqsadi, metodologik asoslari, mazmun-mohiyati, vazifalari, vositalari, pedagogik, psixologik asoslari, harbiy-vatanparvarlik tarbiyasi tizimi va uning asosiy yoʼnalishlari yoritilgan. Markazda oʼquv-metodik kengash tashkil etilgan. Bu kengash tarkibi “Vatanparvar” tashkiloti tizimidagi hamda kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimidagi yetakchi mutaxassislardan shakllantirilgan. Kengashda “Vatanparvar” tashkiloti hamda Markaz faoliyati boʼyicha tegishli mutaxassislar tomonidan ishlab chiqilgan meʼyoriy hujjatlar, malaka oshirish kurslarining oʼquv-mavzu rejalari, dasturlari va boshqa oʼquv-metodik materiallar, tavsiyalar, yoʼriqnomalar, qoʼllanmalar koʼrib chiqilib, muhokama qilinib, oʼrnatilgan tartibda tasdiqlash va amaliyotga joriy etish yuzasidan qarorlar berilmoqda. “Vatanparvar” tashkiloti Kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash markazining manzili: Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Hurshid koʼchasi, 86-А uy. Telefon raqami: (71) 235-25-55, (71) 235-18-18.