Сайт работает в тестовом режиме!

Muallifga xatolar bo`yicha xabar berish



“Vatanparvar” tashkiloti Samarqand viloyat kengashining navbatdagi IV yigʼilishi boʼlib oʼtdi

Oʼzbekiston mudofaasiga koʼmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Samarqand viloyat kengashining navbatdagi IV yigʼilishida tizim tasarrufdagi tashkilotlar tomonidan 2019 yilning birinchi yarim yilligi davomida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi va kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.
Yigʼilishni viloyat kengashi raisi А.Igamberdiev olib bordi. Maʼruza uchun soʼzga viloyat kengashi raisining oʼrinbosari Z.Hojiev harbiy vatanparvarlik targʼiboti va yoshlar bilan ishlash yoʼnalishi boʼyicha, viloyat kengashi bosh mutaxassisi D.Xusainova ommaviy kasb xodimlarini tayyorlash yoʼnalishi boʼyicha, viloyat texnik va amaliy sport turlari markazi direktorining oʼrinbosari F.Mardiev sportning texnik va amaliy turlarini rivojlantirish va ommalashtirish boʼyicha, viloyat kengashi bosh hisobchisi I.Ochilov moliyaviy xoʼjalik faoliyat boʼyicha va xodimlar boʼyicha inspektor M.Nurullaeva xodimlar bilan ishlash boʼyicha amalga oshirilgan ishlar natijalari, yoʼl qoʼyilgan kamchiliklar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalarni aytib oʼtishdi.
Shuningdek, kun tartibida tashkiliy masalalar, kengash aʼzolari va hayʼat tarkibiga oʼzgartirishlar kiritildi.
Yigʼilish yakunida faoliyatida yaxshi natijalarga erishgan, yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlarida munosib hissa qoʼshgan rahbar va xodimlar Markaziy kengash raisining faxriy yorligʼi va tashakkurnomasi, viloyat kengashi raisining faxriy yorligʼi va tashakkurnomasi hamda esdalik sovgʼalari bilan taqdirlandi.

So`nggi yangiliklar

  • “Vatanparvar” tashkiloti Samarqand viloyat kengashining navbatdagi IV yigʼilishi...
    15.08.2019
    2252
  • Sogʼlomlashtirish oromgohidagi yoshlar oʼrtasida musobaqa oʼtkazildi...
    14.08.2019
    1454
  • Fargʼonalik merganlar gʼoliblik uchun bellashdi...
    13.08.2019
    1360
  • Eng sara merganlar munosib taqdirlandi...
    12.08.2019
    1156
  • Oʼq otish sport turi boʼyicha Xorazm viloyat kubok musobaqasi oʼtkazildi...
    09.08.2019
    1283
  • “Yoshlar mustaqil yurt tayanchi”...
    09.08.2019
    1430