Сайт работает в тестовом режиме!

Muallifga xatolar bo`yicha xabar berish



Sogʼlomlashtirish oromgohidagi yoshlar oʼrtasida musobaqa oʼtkazildi

“Vatanparvar” tashkiloti Yangiqoʼrgʼon tuman Oʼquv sport texnika klubi va Oʼzbekiston Yoshlar ittifoqi Yangiqoʼrgʼon tuman kengashi bilan hamkorlikda yoshlarni boʼsh vaqtlarini mazmunli oʼtkazish, qobiliyatlarini namoyish etish, ularni bolaligidan sport va boshqa toʼgaraklarga jalb etish, dam olishlarini mazmunli tashkil etish maqsadida “Kamalak” bolalar sport sogʼlomlashtirish oromgohida yozgi olimpiada oʼyinlari dasturiga kiritilgan havo miltigʼidan oʼq otish sport turi boʼyicha oromgoh birinchiligi musobaqasi oʼtkazildi.
Musobaqada bolalar sport sogʼlomlashtirish oromgohi tarbiyalanuvchilaridan 90 nafari ishtirok etishdi. Qizgʼin va murosasiz kechgan musobaqa natijalariga koʼra oʼgʼil bolalar oʼrtasida Saloxiddinov Аsdiddin faxrli 1-oʼrinni, Аbdurashidov Murodjon faxrli 2-oʼrinni, Ravshanov Аxrorjon faxrli 3-oʼrinni egalladi.
Qiz bolalar oʼrtasida Аbdullajonova Hilolv faxrli 1-oʼrinni, Tursunboeva Jasmina faxrli 2-oʼrinni, Аnvarova Zuxra faxrli 3-oʼrinni egallashdi.
Musobaqaning yakuniy natijalariga koʼra umumjamoa hisobida 6 guruh tarbiyalanuvchilari faxrli 1-oʼrinni, 1 guruh tarbiyalanuvchilari faxrli 2-oʼrinni, 5 guruh tarbiyalanuvchilari faxrli 3-oʼrinni qoʼlga kiritishdi.
Tadbirning gʼolib va sovrindorlarini taqdirlash marosimida tuman hokimining yoshlar bilan ishlash boʼyicha oʼrinbosari Diyorbek Boychaev, “Vatanparvar” tashkiloti Yangiqoʼrgʼon tuman Oʼquv sport texnika klubi boshligʼi Аlijon Tojiboev, OʼSTK boshligʼining oʼrinbosari Аbdullaqahhor Аkramov, sport boʼyicha oʼrinbosar Homidjon Normirzaev, sport murabbiysi Xurshid Аkramov, Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi Yangiqoʼrgʼon tuman kengashi raisi Dilshodbek Аsqarovlar ishtirok etishdi.
Gʼoliblarga “Vatanparvar” tashkiloti Yangiqoʼrgʼon tuman Oʼquv sport texnika klubining faxriy yorliqlari va esdalik sovgʼalari hamda Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi Yangiqoʼrgʼon tuman kengashining kitoblar jamlanmasi taqdim etildi.

So`nggi yangiliklar

  • “Vatanparvar” tashkiloti Samarqand viloyat kengashining navbatdagi IV yigʼilishi...
    15.08.2019
    2103
  • Sogʼlomlashtirish oromgohidagi yoshlar oʼrtasida musobaqa oʼtkazildi...
    14.08.2019
    1365
  • Fargʼonalik merganlar gʼoliblik uchun bellashdi...
    13.08.2019
    1238
  • Eng sara merganlar munosib taqdirlandi...
    12.08.2019
    1074
  • Oʼq otish sport turi boʼyicha Xorazm viloyat kubok musobaqasi oʼtkazildi...
    09.08.2019
    1181
  • “Yoshlar mustaqil yurt tayanchi”...
    09.08.2019
    1334