Сайт работает в тестовом режиме!

Muallifga xatolar bo`yicha xabar berish



Fargʼonalik merganlar gʼoliblik uchun bellashdi

“Vatanparvar” tashkiloti Buvayda tuman oʼquv sport texnika klubi negizida havo qurolidan oʼq otish sport turi boʼyicha Fargʼona viloyat kubogi musoboqasi oʼtkazildi.
Oʼtkazilgan musobaqada jami 18 ta jamoadan 35 nafar sportchilar ishtirok etdilar. Bulardan 20 nafari oʼgʼil bollar hamda 15 nafari qiz bollardir.
Musobaqa sharti va natijalariga koʼra quyidagi ishtirokchilar gʼolib deb topildi:
Qiz bollar oʼrtasida (havo miltigʼi):
Birinchi oʼrin: Murotalieva Zulfiya – Quva tuman OʼSTK;
Ikkinchi oʼrin: Joʼraboeva Komila – Rishton tuman OʼSTK;
Uchinchi oʼrin: Saminova Diyora – Buvayda tuman OʼSTK.
Oʼgʼil bollar oʼrtasida (havo miltigʼi):
Birinchi oʼrin: Meliqoʼziev Jumanazar – Buvayda tuman OʼSTK;
Ikkinchi oʼrin: Marupov Mirsaid –Uchkoʼprik tuman OʼSTK;
Uchinchi oʼrin: Аnvarov Muhammadjon – Fargʼona tuman OʼSTK.
Umumjamoa hisobida:
Birinchi oʼrin: Buvayda tuman oʼquv sport texnika klubi;
Ikkinchi oʼrin: Rishton tuman oʼquv sport texnika klubi;
Uchinchi oʼrin: Fargʼona tuman oʼquv sport texnika klubi.
Musobaqada gʼoliblikni qoʼlga kiritgan sportchi va jamoalarga “Vatanparvar” tashkiloti Fargʼona viloyat kengashining esdalik sovgʼalari va diplomlari topshirildi.

So`nggi yangiliklar

  • “Vatanparvar” tashkiloti Samarqand viloyat kengashining navbatdagi IV yigʼilishi...
    15.08.2019
    2103
  • Sogʼlomlashtirish oromgohidagi yoshlar oʼrtasida musobaqa oʼtkazildi...
    14.08.2019
    1364
  • Fargʼonalik merganlar gʼoliblik uchun bellashdi...
    13.08.2019
    1238
  • Eng sara merganlar munosib taqdirlandi...
    12.08.2019
    1074
  • Oʼq otish sport turi boʼyicha Xorazm viloyat kubok musobaqasi oʼtkazildi...
    09.08.2019
    1181
  • “Yoshlar mustaqil yurt tayanchi”...
    09.08.2019
    1334