Сайт работает в тестовом режиме!

Muallifga xatolar bo`yicha xabar berish



Eng sara merganlar munosib taqdirlandi

“Vatanparvar” tashkiloti Koson tuman Oʼquv sport texnika klubi tomonidan tuman Xalq taʼlimi boʼlimiga qarashli maktablar va kollej oʼquvchilari oʼrtasida havoli miltiqdan oʼq otish sport turi boʼyicha musobaqa oʼtkazildi.
Musobaqada OʼSTK boshligʼi А.Sobirov, maʼnaviyat va maʼrifat ishlari boʼyicha boshliq oʼrinbosari А.Аxmedov, oʼquv ishlari boʼyicha boshliq oʼrinbosari S.Qurbonov, “Havoli miltiqdan oʼq otish” sport sektsiyasi rahbari L.Choriev, “Karting” sport sektsiyasi rahbari А.Sidiqov va yoshlar ishtirok etdi.
Musobaqada oʼgʼil bolalar oʼrtasida 1-maktab oʼquvchisi Xayrilloev Suxrob I oʼrinni, 2-maktab oʼquvchisi Baxronov Yodgor II oʼrinni, 8-maktab oʼquvchisi Shodiev Oybek III oʼrinni egalladi.
Qiz bolalar oʼrtasida 6-maktab oʼquvchisi Rajabova Farangiz I oʼrinni, 7-maktab oʼquvchisi Samadova Laylo II oʼrinni, 10-maktab oʼquvchisi Turaeva Setora III oʼrinni egalladi.
Musobaqaning yakuniy natijasiga koʼra umumjamoa hisobida 2-maktab jamoasi I oʼrin, 33-maktab jamoasi II oʼrin, 4-maktab jamoasi III oʼrin sovrindori boʼldi.
Musobaqa koʼtarinki kayfiyatda qizgʼin tarzda tashkil etidi. Musobaqa gʼoliblariga “Vatanparvar” tashkiloti tomonidan diplom va esdalik sovgʼalar topshirildi.

So`nggi yangiliklar

  • “Vatanparvar” tashkiloti Samarqand viloyat kengashining navbatdagi IV yigʼilishi...
    15.08.2019
    2103
  • Sogʼlomlashtirish oromgohidagi yoshlar oʼrtasida musobaqa oʼtkazildi...
    14.08.2019
    1364
  • Fargʼonalik merganlar gʼoliblik uchun bellashdi...
    13.08.2019
    1237
  • Eng sara merganlar munosib taqdirlandi...
    12.08.2019
    1074
  • Oʼq otish sport turi boʼyicha Xorazm viloyat kubok musobaqasi oʼtkazildi...
    09.08.2019
    1181
  • “Yoshlar mustaqil yurt tayanchi”...
    09.08.2019
    1334