Сайт работает в тестовом режиме!

Muallifga xatolar bo`yicha xabar berish



“Yoshlar mustaqil yurt tayanchi”

Oʼzbekiston mudofaasiga koʼmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Shahrixon avtomobilь maktabida Oʼzbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 28 yilligi munosabati bilan “Yoshlar mustaqil yurt tayanchi” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy va sport tadbiri oʼtkazildi.
Tadbirda tuman hokimi oʼrinbosari, "Vatanparvar" tashkiloti viloyat Kengashi raisi, hamkor tashkilot rahbarlari hamda 200 nafar mahalla faollari va yoshlar ishtirok etdilar.
Tadbir davomida sportning voleybol, arqon tortish, shaxmat-shashka, oʼq otish turlari boʼyicha bellashuvlar boʼlib oʼtdi. Shu bilan bir qatorda tumandagi yosh shoir va shoiralar ishtirokida mushoira oʼtkazilib yosh ijodkorlar qalamiga mansub Vatan, mustaqillik va vatanparvarlik ruhida yozilgan sheʼrlar yangradi.
Tadbir soʼngida musobaqa gʼoliblari va tadbirda faol ishtirok etgan yoshlar “Vatanparvar” tashkiloti tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovgʼalari bilan taqdirlandi.

So`nggi yangiliklar

  • “Vatanparvar” tashkiloti Samarqand viloyat kengashining navbatdagi IV yigʼilishi...
    15.08.2019
    2103
  • Sogʼlomlashtirish oromgohidagi yoshlar oʼrtasida musobaqa oʼtkazildi...
    14.08.2019
    1364
  • Fargʼonalik merganlar gʼoliblik uchun bellashdi...
    13.08.2019
    1237
  • Eng sara merganlar munosib taqdirlandi...
    12.08.2019
    1073
  • Oʼq otish sport turi boʼyicha Xorazm viloyat kubok musobaqasi oʼtkazildi...
    09.08.2019
    1180
  • “Yoshlar mustaqil yurt tayanchi”...
    09.08.2019
    1334