Сайт работает в тестовом режиме!

Muallifga xatolar bo`yicha xabar berish



Sportning pnevmatik quroldan oʼq otish turi boʼyicha musobaqa gʼoliblari aniqlandi

“Vatanparvar” tashkiloti Toshkent shahar kengashi tasarrufidagi Oʼquv sport texnika klublari oʼrtasida taqvimiy rejaga asosan sportning pnevmatik quroldan oʼq otish turi boʼyicha Toshkent shahar ochiq Birinchiligining toʼrtinchi bosqich musobaqasi Yunusobod tumanida joylashgan Respublika texnik va amaliy sport turlari Markazida oʼtkazildi.
Dastlab, tadbirda “Vatanparvar” tashkiloti Toshkent shahar kengashi raisining sport ishlari boʼyicha oʼrinbosari soʼzga chiqdi va ishtrokchilarga omad tilab chempionatni ochiq deb eʼlon qildi. 50 dan ortiq musobaqa qatnashchilari oʼz jamoalari va Oʼquv sport texnika klublari shaʼnini himoya qilish maqsadida gʼoliblik uchun astoydil xarakat qilishdi.
Yoshlarimiz oldindan oliy oʼrin uchun tinimsiz mehnat qilishgani va izlanishgani chempionat davomidagi saʼy-harakatlaridan yaqqol sezilib turdi. Pnevmatik quroldan oʼq otish sport turi boʼyicha oʼtkazilgan Toshkent shahar ochiq birinchiligi musobaqasining natijalari quydagicha:
1-oʼrin RT va АSTM mamoasi;
2-oʼrin Sergeli tuman OʼSTK jamoasi;
3-oʼrin Mirobod tuman OʼSTK jamoasi.
Musobaqaning VP-2 sinfida gʼolib boʼlgan Kobiljonova Dilafruz, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12 dekabrdagi “Yoshlarni vatanparvarlik ruhida va jismoniy tarbiyalash hamda chaqiriluvchilarni harbiy-texnik mutaxassisliklar boʼyicha tayyorlash tartibini takomillashtirish boʼyicha qoʼshimcha chora - tadbirlar toʼgʼrisida”gi PQ-4061-sonli Qarori u va u kabi yoshlarning sportning texnik va amaliy turlariga boʼlgan qiziqishlarini yanada koʼpaytirib, gʼalabaga boʼlgan intilishlarini orttirganini hamda kelajakda bundanda yuqori marralarni koʼzlab, Respublikamizning oliy taʼlim muassasalaridan biriga imtiyozli ravishda oʼqishga kirishni rejalashtirayotganini taʼkidlab oʼtdi.
Zero, bugungi kunda mamlakatimizda yoshlarimiz oʼqib izlanishlari, yurt sharafini ham maʼnan, ham jismonan himoya qilishga doimo tayyor turishlari uchun taʼlim yoʼnalishining har bir jabhasida jahonning eng ilgʼor pedagogik texnologiyalari asosida saboq berilmoqda. Kelajagimiz egalari taʼlimning har bir yoʼnalishida bilim olishlari uchun barcha eshiklar ochiq, imkoniyatlar talaygina xattoki, sport turlarining barcha jabhalarida shugʼullanishlari va malakalarini oshirishlari uchun yetarlicha murabbiylar, sport majmualari yoshlarimiz ixtiyoriga topshirilgan.

So`nggi yangiliklar

  • “Vatanparvar” tashkiloti Samarqand viloyat kengashining navbatdagi IV yigʼilishi...
    2489
  • Sogʼlomlashtirish oromgohidagi yoshlar oʼrtasida musobaqa oʼtkazildi...
    14.08.2019
    1614
  • Fargʼonalik merganlar gʼoliblik uchun bellashdi...
    1536
  • Eng sara merganlar munosib taqdirlandi...
    12.08.2019
    1299
  • Oʼq otish sport turi boʼyicha Xorazm viloyat kubok musobaqasi oʼtkazildi...
    09.08.2019
    1454
  • “Yoshlar mustaqil yurt tayanchi”...
    09.08.2019
    1619