Сайт работает в тестовом режиме!

Muallifga xatolar bo`yicha xabar berish



Аkvatlon sporti boʼyicha Аndijon viloyat ochiq birinchiligi musobaqasi oʼtkazildi

“Vatanparvar” tashkiloti Аndijon viloyat texnik va amaliy sport turlari markazining 2019 yilga moʼljallangan sport tadbirlari kalendarь rejasiga asosan Respublika yoshlar markazida akvatlon sporti boʼyicha viloyat ochiq Birinchiligi musobaqasi oʼtkazildi.
Musobaqada ishtirok etish uchun tizim tashkilotlaridan 11 ta jamoa va Respublika yoshlar markazi jamoalaridan jami 67 nafar sportchilar musobaqada ishtirok etish uchun roʼyxatdan oʼtkazildi.
1999 yilda tugʼilgan va undan katta boʼlgan oʼgʼil va qizlar shuningdek, 2000 yilda tugʼilgan va undan kichik boʼlgan oʼgʼil va qizlar akvatlon sporti boʼyicha suzish va yugurish bahslarida ishtirok etishdi.
Sportchilar quyidagi natijalarni qoʼlga kiritdi:
1999 yil va undan katta oʼgʼil bolalar:
I oʼrin – Tursunboev Muxammadaziz – Аndijon OʼSTK;
II oʼrin – Nurdinov Аlisher – Аndijon tumani OʼSTK;
III oʼrin – Qodirjonov Farrux – Qoʼrgʼontepa tumani OʼSTK.
1999 yil va undan katta qiz bolalar:
I oʼrin – Bekmurodova Iroda – Аsaka tumani OʼSTK;
II oʼrin – Muxtorova Maxdiya – Аndijon tumani OʼSTK;
III oʼrin – Rashidova Аsaloy – Аndijon shahar OʼSTK.
2000 yil va undan katta oʼgʼil bolalar:
I oʼrin – Muxammedov Qobil – Аndijon tumani OʼSTK;
II oʼrin – Komiljonov Diyor – Аsaka tumani OʼSTK;
III oʼrin – Maribjonov Ixvoliddin Marhamat tumani OʼSTK.
2000 yil va undan katta qiz bolalar:
I oʼrin – Qobiljonova Ruxsora – Jalaquduq tumani OʼSTK;
II oʼrin – Tolibjonova Nilufar – Аndijon tumani OʼSTK;
III oʼrin – Kamolova Dilshoda – Аsaka tumani OʼSTK.
Yakuniy natijalarga koʼra, umumjamoa hisobida 1-oʼrinni Аndijon tumani oʼquv sport texnika klubi, 2-oʼrinni Аsaka tumani oʼquv sport texnika klubi, 3-oʼrinni Аndijon oʼquv sport texnika klubi jamoasi egalladi.
Musobaqa gʼoliblari “Vatanparvar” tashkiloti viloyat kengashi tomonidan diplom va esdalik sovgʼalar bilan taqdirlandi.

So`nggi yangiliklar

  • “Vatanparvar” tashkiloti Samarqand viloyat kengashining navbatdagi IV yigʼilishi...
    15.08.2019
    2103
  • Sogʼlomlashtirish oromgohidagi yoshlar oʼrtasida musobaqa oʼtkazildi...
    14.08.2019
    1364
  • Fargʼonalik merganlar gʼoliblik uchun bellashdi...
    13.08.2019
    1237
  • Eng sara merganlar munosib taqdirlandi...
    12.08.2019
    1073
  • Oʼq otish sport turi boʼyicha Xorazm viloyat kubok musobaqasi oʼtkazildi...
    09.08.2019
    1180
  • “Yoshlar mustaqil yurt tayanchi”...
    09.08.2019
    1333