Сайт работает в тестовом режиме!

Muallifga xatolar bo`yicha xabar berish



“Ehtiyotkor piyoda”

“Vatanparvar” tashkiloti Qarshi shahar kengashi tomonidan Qarshi shahar IIB bilan hamkorlikda Qarshi shahridagi 18-sonli “Doʼstlik” nomli maktabgacha taʼlim muassasasida tarbiyalanuvchi bolajonlar ishtirokida “Ehtiyotkor piyoda” nomlangan tadbir tashkil etildi.
Tadbir aholining keng qatlamlari orasida yoʼl-transport hodisalarini oldini olish hamda yoʼllarda harakatlanish xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan tushuntirish ishlarini olib borish va targʼibot tadbirlarini tashkillashtirish boʼyicha 2019-2021 yillarga moʼljallangan qoʼshimcha chora-tadbirlarini amalda ijrosini taʼminlash maqsadida oʼtkazildi.
Tadbir davoimda yoʼllarda harakatlanish tartibi, xavfsiz harakatlanish va yoʼllarni kesib oʼtish tartib qoidalari toʼgʼrisida Qarshi shahar YHX boʼlimi inspektori serjant Usmonov Аxror tadbir ishtirokchilariga tushunchalar berdi.
Tadbir qiziqarli tarzda oʼtdi va bolajonlarda katta qiziqish uygotdi. Tadbir yakunida bolajonlarga va ularni tarbiyachilariga “Vatanparvar” tashkiloti Qarshi shahar kengashi tomonidan esdalik sovgʼalar, diplom va faxriy yorliqlar topshirildi.

So`nggi yangiliklar

  • “Vatanparvar” tashkiloti Samarqand viloyat kengashining navbatdagi IV yigʼilishi...
    15.08.2019
    2103
  • Sogʼlomlashtirish oromgohidagi yoshlar oʼrtasida musobaqa oʼtkazildi...
    14.08.2019
    1364
  • Fargʼonalik merganlar gʼoliblik uchun bellashdi...
    13.08.2019
    1237
  • Eng sara merganlar munosib taqdirlandi...
    12.08.2019
    1073
  • Oʼq otish sport turi boʼyicha Xorazm viloyat kubok musobaqasi oʼtkazildi...
    09.08.2019
    1180
  • “Yoshlar mustaqil yurt tayanchi”...
    09.08.2019
    1333