Сайт работает в тестовом режиме!

Muallifga xatolar bo`yicha xabar berish



“Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning ustuvor vazifalari”

“Vatanparvar” tashkiloti Toʼrtkoʼl tuman oʼquv sport texnika klubi tomonidan Oʼzbekiston Yoshlar ittifoqi tuman kengashi bilan hamkorlikda “Lochin” bolalar dam olish oromgohiga “Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning ustuvor vazifalari” mavzusida tadbir oʼtkazildi.
“Vatanparvar” tashkiloti Toʼrtkoʼl tuman oʼquv-sport texnika boshliq oʼrinbosari E.Eshchanov yosh avlodga yoʼl harakati qoidalari boʼyicha shuningdek, yoʼlda harakatlanganda va yoʼlni kesib oʼtishdagi qoidalar boʼyicha tushuntirish ishlari olib bordi. Transport vositalarini harakatini tartibga soluvchi navbatchining harakatlarini va qizil bayroqchadan qanday foydalanish kerakligi toʼgʼrisida maʼlumot berdi. 
Tadbir doirasida yoshlar ishtirokida musobaqa tashkil etildi. “Vatanparvar” tashkiloti oʼkuv sport texnika klubi sport murabbiysi S.Jumabaev havo miltigʼidan oʼq otish boʼyicha musobaqa ыoidalari bilan ishtirokilarni tanishtirdi.
Musobaqada Аmudaryo tuman xalq taʼlim boʼlimiga qarashli 23-sonli umumiy oʼrta taʼlim maktab oʼquvchisi Q.Аshirov faxrli I oʼrinni, 46-sonli umumiy oʼrta taʼlim maktab oʼquvchisi S.Аnnaev, II oʼrinni va 48-sonli umumiy oʼrta taʼlim maktab oʼquvchisi K.Isanov III oʼrinni egallashdi va ular esdalik sovgʼalar bilan tagdirlandi. 
Tadbir Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12 dekabrdagi “Yoshlarni vatanparvarlik ruhida va jismoniy tarbiyalash hamda sportning texnik va amaliy turlarini rivojlantirish boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi PQ-4061-sonli qaroriga asosan sportning texnik va amaliy turlarini yanada rivojlantirish va ommalashtirish maqsadida tashkil etildi.
Tadbir soʼnggida Oʼzbekiston Yoshlar ittifoqi Toʼrtkoʼl tuman kengash aʼzosi Sh.Egamberdiev oʼsib ulgʼayib kelayotgan yosh avlodni yozgi dam olish oromgohida maroqli dam olishlarini tilab, yaqinlashib kelayotgan yangi oʼquv yilida mustahkam sogʼlik va oʼqish ishlariga omadlar tiladi.

So`nggi yangiliklar

  • “Vatanparvar” tashkiloti Samarqand viloyat kengashining navbatdagi IV yigʼilishi...
    15.08.2019
    2103
  • Sogʼlomlashtirish oromgohidagi yoshlar oʼrtasida musobaqa oʼtkazildi...
    14.08.2019
    1364
  • Fargʼonalik merganlar gʼoliblik uchun bellashdi...
    13.08.2019
    1237
  • Eng sara merganlar munosib taqdirlandi...
    12.08.2019
    1073
  • Oʼq otish sport turi boʼyicha Xorazm viloyat kubok musobaqasi oʼtkazildi...
    09.08.2019
    1180
  • “Yoshlar mustaqil yurt tayanchi”...
    09.08.2019
    1333