Сайт работает в тестовом режиме!

Muallifga xatolar bo`yicha xabar berish



“Yoʼl harakati xavfsizligini taʼminlash barchamizning burchimizdir”

“Vatanparvar” tashkiloti Chimboy tuman oʼquv sport texnika klubi tomonidan tumandagi 8-sonli maktabgacha taʼlim muassasasida “Yoʼl harakati xavfsizligini taʼminlash barchamizning burchimizdir” mavzusida uchrashuv oʼtkazdi.


Tadbirda Qorakalpogʼiston Respublikasi Yoʼl harakati xavfsizligi boʼlimi Chimboy tuman 3-sonli roʼyxatga olish va imtixon qabul qilish boʼlimi boshligʼi Аmangeldi Kadirov, Chimboy tuman IIB Yoʼl harakati xavfsizligi boʼlimi boshligʼi Baynazar Аllamjarov, “Vatanparvar” tashkiloti Chimboy tuman oʼquv sport texnika klubi boshligʼi oʼrinbosari Kudaybergen Shamuratovlar, 8-sonli maktabgacha taʼlim muassasasi ishchi, xodimlar va tarbiyalanuvchilari ishtirok etdi.


Uchrashuvda bolalarni transport harakatlanadigan joylardan xavfsiz olib oʼtish, ularga uy sharoitida xavfsiz joylarda uynashga, uyidagilarga va oʼzlariga oʼrgatish, tushuntirish chora tadbirlari, bugungi kunda roʼy berayotgan yoʼl harakati xavfsizligiga amal qilmaslik oqibatida sodir boʼlayotgan koʼngilsiz voqealar, bu voqealarda bolalar ishtirokining foizlar koʼrsatkichlari haqida maʼruzalar oʼqildi.


Shuningdek, yoʼllarni kesib oʼtayotganda yoʼl harakati koidalariga, yoʼl belgilari talablariga katʼiy rioya qilishga, bugungi kunda yullarimizda avtomobillar harakati koʼpayib ketganligi sababli xavfsizligimizni oʼz bilimimiz bilan taʼminlashimiz zarurligini aytib oʼtildi.


Tadbir davomida bogʼcha uyingohiga chizilgan yoʼl chiziqlarida koidalarga boʼysinib harakatlanish mashqlari amalda bolalar ishtirokida koʼrsatildi.
 Maʼruza va tushuntirishlar, amaliy koʼrsatishlar, tarbiyachi va tarbiyalanuvchilar tomonidan tinglandi, oʼz munosabatlarini bildirdi va tarbiyachi-xodimlar oʼzlarini kiziktirgan savollariga javoblar oldilar.
Tadbir tarbiyalanuvchilar ishtirokida tayorlangan kontsert dasturi bilan davom etdi.

So`nggi yangiliklar

  • “Vatanparvar” tashkiloti Samarqand viloyat kengashining navbatdagi IV yigʼilishi...
    15.08.2019
    2103
  • Sogʼlomlashtirish oromgohidagi yoshlar oʼrtasida musobaqa oʼtkazildi...
    14.08.2019
    1364
  • Fargʼonalik merganlar gʼoliblik uchun bellashdi...
    13.08.2019
    1237
  • Eng sara merganlar munosib taqdirlandi...
    12.08.2019
    1073
  • Oʼq otish sport turi boʼyicha Xorazm viloyat kubok musobaqasi oʼtkazildi...
    09.08.2019
    1180
  • “Yoshlar mustaqil yurt tayanchi”...
    09.08.2019
    1333