Сайт работает в тестовом режиме!

Muallifga xatolar bo`yicha xabar berish



“Men sevib oʼqigan kitob”

“Vatanparvar” tashkiloti Qiziltepa tuman oʼquv-sport texnika klubi tomonidan tumandagi “Doʼstlik” bolalar oromgohida “Men sevib oʼqigan kitob” mavzusida yozuvchilar bilan yoshlarning ijodiy uchrashuvi oʼtkazildi.
Uchrashuvda oromgohda yozgi taʼtilni oʼtkazayotgan 7 yoshdan 14 yoshgacha boʼlgan oʼquvchi yoshlardan 50 nafari ishtirok etdi.
Bugun mamlakatimiz buylab oʼtkazilayotgan “Mening birinchi kitobim”, “Eng yaxshi kitobxon”, “Kitobxon oila” kabi kitob bayramlari, sayllar insonlarni kitobxonlikka chorlash, ularning kitob mutolaasiga boʼlgan qiziqishlarni yanada oshirish va shu orqali maʼnaviy dunyosini boyitish, Ona-Vatanni sevish, sadoqat tyygʼylapini shakllanishiga, shuningdek bunyodkorlik gʼoyalarini yuzaga chiqarishdek ezgu ishlarni oʼzida mujassam etganligi bilan ham muhim ahamiyatga egadir.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning 2017 yil 12 yanvardagi “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targʼib qilish boʼyicha komissiya tuzish toʼgʼrisida”gi farmoyishi hamda, 2017 yil 13 sentyabrdagi “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targʼib qilish boʼyicha kompleks chora-tadbirlar dasturi toʼgʼrisida”gi qarori bu borada muhim dasturilamal boʼlmoqda.
Yoshlar bilan uchrashuvga Oʼzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Qiziltepa tumanida uzoq yillardan beri faoliyat yuritib kelayotgan ustoz Fattoh Sattorov taklif etildi.
Yozuvchi ijod ahlidan bolalar qalbiga chuqurroq kirib borish, ularning olamida har kun, har daqiqa oʼzgarishlar, yangilanishlar sodir boʼlayotganini his qilishlari talab etilishini qayd etdi.
Darhaqiqat, insonda kitobga, adabiyotga mehr bolaligidan boshlanadi. Chunki kitob bilan doʼst tutingan boladan hech qachon yomonlik chiqmaydi. Shunday ekan, bolalar uchun yozilgan adabiyotlarning saviyasi albatta yuqori boʼlishi shart!
Bu borada ijodiy uchrashuvga tashrif buyurgan bu galgi mehmonning tajribasi juda katta. Koʼp yillik yozuvchilik va jurnalistik faoliyati davomida Fattoh Sattorovning nomi ijodiy mashaqqatlar mahsuli boʼlmish qissa va hikoyalari orqali nafaqat tumanning olis-olis burchaklarigacha, balki viloyatimizning chekka tumanlari kitobxonlarigacha yetib borgan. 
Bolalarni kitob mutolaasiga chorlash va qiziqtirish ham aslida xayrli va ezgu ish hisoblanadi. Bu borada yaqindagina yurtimizda Oʼzbekistan bolalari va oʼsmirlarining «Bolalar adabiyoti» adabiy-badiiy jurnalining taʼsis etilishi navbatdagi muhim qadam boʼldi.
Taʼkidlash joizki, tumanimizning oromgoxlarida farzandlarimizni kitobga, adabiyotga qiziqtirish, ularni respublikamizda chop etilayotgan eng soʼnggi bolalar adabiyotidan voqif etib borish uchun yetarli shart-sharoitlar yaratilgan. Xususan, “Doʼstlik” oromgohining Аxborot-kutubxonasida bolalar adabiyotlari uchun kitob javonlari tashkil qilinib, doimiy yangilab borilmokda.
Tadbir doirasida ijodkor bilan yuzma-yuz muloqotda boʼlgan oʼquvchilar uchun ushbu uchrashuv unutilmas voqeaga aylandi.
Ijodkor oʼquvchi va Shoirning ijodiy uchrashuvi yanada sermazmun, qiziqarli oʼtdi.
Uchrashuvda mamlakatimizda ijodkorlar, ayniqsa, isteʼdodli yoshlarni qoʼllab- quvvatlashga qaratilayotgan alohida eʼtibor adabiyotimiz rivojiga xizmat qilayotgani taʼkidlandi. Shu munosabat bilan oromgohda yosh ijodkorlarni kamolga yetkazishda taʼlim-tarbiya ishlarini yanada takomillashtirish yuzasidan fikr almashildi.
- Bu zaminda oʼz hayotini xalq xizmatiga baxshida etgan buyuk ajdodlarimizning nafasi sezilib turibdi, - deydi uchrashuv qahramoni.
“Oʼquvchilar oʼrtasida kitobxonlik madaniyatini oshirishda mana shunday muloqotlar juda muhim,” - dedi Qiziltepa tuman oʼquv-sport texnika klubining Harbiy vatanparvarlik ishlari va yoshlar boʼyicha boshliq oʼrinbosari Raʼno Tosheva.
 - Аyniqsa, badiiy ijodga qiziquvchan bolalarimiz oʼzlari sevib oʼqiydigan asarlarning mualliflari bilan yuzma-yuz suhbatlashgani, savollariga javob olgani ularda katta ishtiyoq yygʼotadi».
Uchrashuv davomida ishtirokchilar shoir va yozuvchilarning ijodidan namunalar aytib berishdi va oʼzlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar olishdi.

So`nggi yangiliklar

  • “Vatanparvar” tashkiloti Samarqand viloyat kengashining navbatdagi IV yigʼilishi...
    15.08.2019
    2103
  • Sogʼlomlashtirish oromgohidagi yoshlar oʼrtasida musobaqa oʼtkazildi...
    14.08.2019
    1364
  • Fargʼonalik merganlar gʼoliblik uchun bellashdi...
    13.08.2019
    1237
  • Eng sara merganlar munosib taqdirlandi...
    12.08.2019
    1073
  • Oʼq otish sport turi boʼyicha Xorazm viloyat kubok musobaqasi oʼtkazildi...
    09.08.2019
    1180
  • “Yoshlar mustaqil yurt tayanchi”...
    09.08.2019
    1333