Сайт работает в тестовом режиме!

Muallifga xatolar bo`yicha xabar berish



“Men xavfsiz harakat ishtirokchisiman”

“Vatanparvar” tashkiloti Ellikqalʼa tuman kengashi tomonidan yoʼl harakati qoidalariga bagʼishlangan “Men xavfsiz harakat ishtirokchisiman” mavzusida tadbir oʼtkazildi.
Tadbirda Ellikqalʼa tuman oʼquv sport texnika klubi boshligʼi v.v.b. B.Matsapaev, Ellikqalʼa tuman IIB DYHXB boshligʼi podpolkovnik R.Аbduraimov, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Ellikqalʼa tuman boʼlinmasi mutaxassislari M.Kurbanov, А.Nuriev, Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi tuman kengashi raisi O.Roʼzimova, OʼSTK boshliq oʼrinbosari А.Djumaniyazova, OʼSTK sport murabbiyi S.Аtadjanov, “Orol bolalari” oʼquv va sogʼlomlashtirish markazi direktori R.Аllabergenov, “Orol bolalari” oʼquv va sogʼlomlashtirish markazi dam oluvchi bolajonlari va tarbiyachilari qatnashdilar.
Yoshlarda yoʼl harakati doirasida zarur bilimlar, oʼquvlar, xavfsiz va qonunga itoat qilish xulq-atvori koʼnikmalarini shakllantirish, yoʼl harakati barcha qatnashchilarining madaniyati va fuqarolik ongini oshirish yuzasidan amaliy chora-tadbirlar koʼrish kerak. Piyodalar trotuardan yoki piyodalar yoʼlkasidan, ular boʼlmaganda esa yoʼl yoqasidan yurishlarini, piyodalar yoʼl harakati tartibga solingan joylarda tartibga soluvchining yoki svetoforning, ular boʼlmaganda esa transport svetofori ishoralariga amal qilishlarini, yoʼllarda harakatlanayotgan avtomobillar, avtobuslar, yoʼlaklardagi piyodalarning hammasi yoʼl harakati qatnashchilari hisoblanadi-dedi OʼSTK boshligʼi v.v.b. B.Matsapaev.
 Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 19 maydagi “Oʼzbekiston Respublikasi yoʼl xavfsizligini taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi qarori asosida 2018-2022 yillarda Oʼzbekiston Respublikasi yoʼl xavfsizligini taʼminlash Kontseptsiyasi tasdiqlandi. Kontseptsiyada “Yoʼl harakati qoidalari”ni qoʼpol buzganlik uchun javobgarlik choralarini yanada kuchaytirish, yoʼllar sifatini yaxshilash, transport vositalarining xavfsiz harakatlanishi uchun ishonchli sharoitlar yaratish, yoʼl harakati ishtirokchilarining huquqiy madaniyati, zarur bilimlari va malakasini oshirish, intizomini mustahkamlash belgilangan.
Mavzu koʼrgazmali qurollar bilan qoʼrsatib berildi. Tadbir qiziqarli bahs-munozaralarga boy tarzda savol-javoblar bilan oʼtkazildi. Berilgan savollarga toʼgʼri javob bergan faol qatnashgan bolajonlar “Vatanparvar” tashkiloti tomonidan diplomlar bilan taqdirlandilar.

So`nggi yangiliklar

  • “Vatanparvar” tashkiloti Samarqand viloyat kengashining navbatdagi IV yigʼilishi...
    15.08.2019
    2103
  • Sogʼlomlashtirish oromgohidagi yoshlar oʼrtasida musobaqa oʼtkazildi...
    14.08.2019
    1365
  • Fargʼonalik merganlar gʼoliblik uchun bellashdi...
    13.08.2019
    1238
  • Eng sara merganlar munosib taqdirlandi...
    12.08.2019
    1074
  • Oʼq otish sport turi boʼyicha Xorazm viloyat kubok musobaqasi oʼtkazildi...
    09.08.2019
    1181
  • “Yoshlar mustaqil yurt tayanchi”...
    09.08.2019
    1334