Сайт работает в тестовом режиме!

Muallifga xatolar bo`yicha xabar berish



Urganchda duatlonchilar musobaqasi boʼlib oʼtdi

Mamlakatimizda sportning texnik va amaliy turlari tobora ommaviylashmoqda. Bu borada Oʼzbekiston mudofaasiga koʼmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Xorazm viloyat kengashi hamda viloyat texnik va amaliy sport turlari markazi tomonidan olib borilayotgan ishlar oʼz samarasini beryapti.
 Oʼz navbatida sport sektsiyalarida shugʼullanayotgan sportchilarning mahoratini yanada oshirish maqsadida oʼtkazilayotgan musobaqalar muhim ahamiyat kasb etmoqda. Binobarin, joriy yilning oʼtgan davri mobaynida viloyat texnik va amaliy sport turlari markazi tomonidan pnevmatik quroldan oʼq otish, karting, yozgi biatlon, duatlon, singari sport turlari boʼyicha koʼplab viloyat birinchiligi va chempionatlari uyushtirildi.
Oʼtgan shanba kuni Urganch tumanidagi Cholish qoʼrgʼonida joylashgan oʼquv-mashq maydonida duatlon boʼyicha tashkil etilgan viloyat kubogining ikkinchi bosqichi ham qiziqarli kechdi. Unda shahar va tumanlarimizning 50 nafardan ziyod eng sara duatlonchilari musobaqa dasturiga binoan belgilangan masofaga yugurish - velosiped poygasi - yugurish borasida oʼzlarining qobiliyatlarini namoyish qilishdi.
Hakamlarning sarhisoblariga koʼra, 2000-2002 yillarda tugʼilgan qatnashchilar birinchiligining qizlar bahsida Shovot tumani oʼquv sport texnika klubi aʼzosi Mashhura Ernafasova, oʼgʼil bolalar orasida Qoʼshkoʼpir tumani Oʼrtayop oʼquv sport texnika klubidan Farruh Rajabov shohsupaning eng yuqori pogʼonasidan koʼtarilishdi. Kichik yoshli, yaʼni, 2003-2005 yillarda tugʼilgan yosh sportchilar oʼrtasida Shovotlik Zuhra Roʼzimova va Foziljon Ismoilovlar birinchi oʼrinni egallashdi. Shuningdek, viloyat texnik va amaliy sport turlari markazi sportchilari Mahliyoxon Xudoyberganova, Zulayho Jumaboeva, Qoʼshkoʼpir tumanidagi Oʼrtayop oʼquv sport texnika klubidan Hamida Ozodova, Xiva tumanidan Laylo Rahimova, Xonqa tumanidan Sohibbek Rajabov, Gurlan tumanidan Shavkat Jumaboevlar sovrindorlar safidan joy oldilar.
Umumjamoa hisobida Oʼrtayop oʼquv oʼquv sport texnika klubi jamoasi birinchi oʼringa sazavor boʼldi. Ikkinchi oʼrinni Gurlan tumani duatlonchilari, uchinchi oʼrinni Shovot tumani sportchilari band etishdi.
Musobaqaning yopilish marosimida viloyat texnik va amaliy sport turlari markazi direktori Odilbek Ibragimov gʼolib va sovrindorlarni erishgan muvaffaqiyatlari bilan qutlab, diplom va qimmatbaho sovgʼalar bilan taqdirladi.
Аyni damda sportning texnik va amaliy turlari bilan shugʼullanayotgan vohamiz sportchilari respublika miqyosidagi musobaqalarda yuqori oʼrinlarni koʼzlagan holda mashgʼulotlar olib borishyapti. Ishonchimiz komilki, ularning saʼy-harakatlari besamar qolmaydi. Tadbir ommaviy axborot vositalarida keng yoritildi.

So`nggi yangiliklar

  • “Vatanparvar” tashkiloti Samarqand viloyat kengashining navbatdagi IV yigʼilishi...
    15.08.2019
    2103
  • Sogʼlomlashtirish oromgohidagi yoshlar oʼrtasida musobaqa oʼtkazildi...
    14.08.2019
    1365
  • Fargʼonalik merganlar gʼoliblik uchun bellashdi...
    13.08.2019
    1238
  • Eng sara merganlar munosib taqdirlandi...
    12.08.2019
    1074
  • Oʼq otish sport turi boʼyicha Xorazm viloyat kubok musobaqasi oʼtkazildi...
    09.08.2019
    1181
  • “Yoshlar mustaqil yurt tayanchi”...
    09.08.2019
    1334