Сайт работает в тестовом режиме!

Muallifga xatolar bo`yicha xabar berish



Namanganda yagona “Parashyut” sport sektsiyasi ochildi

Oʼzbekiston mudofaasiga koʼmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Namangan viloyati kengashi tasarrufidagi Pop tuman Oʼquv sport texnika klubida yangi barpo etilgan, viloyatda yagona boʼlgan Parashyut sport sektsiyasini tantanali ochilish marosimi oʼtkazildi.
Ochilish marosimida Pop tuman hokimi А.Sultonov, Namangan viloyati Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshligʼi Sh.Qoraboev, Milliy Gvardiya harbiy qism komandiri podpolkovnik M.Uzaqov, Oʼzbekiston mudofaasiga koʼmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Namangan viloyati kengashi raisi А.Аlaxodjaev va harbiy xizmatchilari, Gʼurumsaroy garnizonidagi harbiy qism harbiy xizmatchilari, tumandagi maktabgacha taʼlim muassasalari tarbiyalanuvchilari, ommaviy axborot vositasi vakilari ishtirok etdilar.
Dastlab “Vatanparvar” tashkiloti tomonidan sportning texnik va amaliy turlari boʼyicha oʼtkazilgan viloyat, Respublika va Xalqaro musobaqalar gʼoliblari boʼlgan viloyatimizning iqtidorli 25 nafar sportchilari va 13 nafar murabbiylarni taqdirlash marosimi, viloyatdagi harbiy qismlarning harbiy texnikalari, qurol aslahalari va maxsus boʼlimlarining koʼrgazmali chiqishlari hamda pirotexnika vositalaridan foydalangan holda koʼrgazmali chiqishlari, harbiy qismlarda turli sport yoʼnalishlari boʼyicha yuqori natijalarga erishgan harbiy sportchilarni chiqishlari, harbiy qismlarning harbiy xizmatchilari, harbiy texnikalari, qurol aslahalari va maxsus boʼlimlarining koʼrgazmali chiqishlari, “Vatanparvar” tashkiloti sportning texnik va amaliy turlariga kiruvchi mototsikl va karting sport texnikalarini koʼrgazmali chiqishlari va Sportning texnik va amaliy turlaridan raketa va samolyotlarni uchirilishi hamda Parashyut sport sektsiyasida shugʼullanayotgan sportchilarni koʼrgazmali chiqishlari namoyish etildi.
Tadbirlar davomida Pop tumani Yoʼl harakati xavfsizligi boʼlimi va “Vatanparvar” tashkiloti Namangan viloyati kengashi bilan hamkorlikda Namangan shahar oʼquv sport texnika klubida tumandagi maktabgacha taʼlim muassasalari tarbiyalanuvchilari, oʼrta umumtaʼlim maktab oʼquvchilari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari talabalari ishtirokida “Qoidani buzmay yur!” hamda “Yoʼl qoidasi – umr foydasi” yoʼllarda harakatlanish mobaynida yoʼl qoidalariga amal qilish, yoʼl – transport hodisalarini keltirib chiqaradigan asosiy omillar va ularning oldini olishga qaratilgan amaliy koʼrgazma va davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda 800 nafar yoshlarni ishtiroki taʼminlandi.
 Tadbir davomida Qurolli Kuchlarni isloh qilish, professional armiyani shakllantirish borasida qabul qilinayotgan qonunlarning mazmun-mohiyati, Olimpiya oʼyinlari, jahon va Osiyo chempioni boʼlgan sportchilar hamda taniqli shoir va yozuvchilar bilan birgalikda davra suhbatlari ham tashkil etildi.
Tadbirdan koʼzlangan asosiy maqsad fuqarolar va yoshlar oʼrtasida sportning texnik va amaliy turlarini targʼib qilish va ommaviyligini oshirishdir.
Bugungi kunda “Vatanparvar” tashkiloti Namangan viloyat kengashi tasarrufidagi oʼquv muassasalari qoshida sportning karting, avtokross, avtoralli, avtomobil xalqa poygalari, avtomobil koʼpkurashi, motokross, triatlon, duatlon, yozgi biatlon, oʼq otish, aviomodelь, raketamodelь, kemamodelь sporti, qisqa va ultra qisqa telefon kabi texnik va amaliy sport turlari ommalashtirilmoqda.
Oʼtkazilgan tadbir davomida “Vatanparvar” tashkilotiga qarashli “Pnevmatik miltiqlar”, “Yozgi biatlon”, “Duatlon”, “Triatlon”, “Harbiy amaliy koʼpkurash” “Raketamodelь”, “Xona aviamodelь”, “Kemamodelь” “Erkin uchuvchi aviamodelь, “Radiosport”, “Аvtokross”, “Motokross” “Baggi” “Karting” sport texnikalari namoyishi va koʼrgazmali chiqishlari, Oʼzbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi va Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilarining koʼrgazmali chiqishlari, harbiy texnika va qurollar koʼrgazmasi, shuningdek, maktabgacha taʼlim muassasalari tarbiyalanuvchilarining koʼrgazmali chiqishlari namoyish etildi.

So`nggi yangiliklar

  • “Vatanparvar” tashkiloti Samarqand viloyat kengashining navbatdagi IV yigʼilishi...
    15.08.2019
    2103
  • Sogʼlomlashtirish oromgohidagi yoshlar oʼrtasida musobaqa oʼtkazildi...
    14.08.2019
    1365
  • Fargʼonalik merganlar gʼoliblik uchun bellashdi...
    13.08.2019
    1238
  • Eng sara merganlar munosib taqdirlandi...
    12.08.2019
    1074
  • Oʼq otish sport turi boʼyicha Xorazm viloyat kubok musobaqasi oʼtkazildi...
    09.08.2019
    1181
  • “Yoshlar mustaqil yurt tayanchi”...
    09.08.2019
    1334