Сайт работает в тестовом режиме!

Muallifga xatolar bo`yicha xabar berish



Yoʼl harakati xavfsizligi qoidalari yoshlarga tushuntirildi

“Vatanparvar” tashkiloti Navoiy viloyati Qiziltepa tuman oʼquv sport texnika klubi tomonidan tumandagi “Doʼstlik” bolalar yozgi oromgohida yoʼl harakati xavfsizligini taʼminlash boʼyicha targʼibot tadbiri oʼtkazildi.
Tadbirda Qiziltepa tuman oʼquv-sport texnika klubi direktorining oʼrinbosari Raʼno Tosheva, oʼqituvchilar Poʼlatov Hoji, Yoziev Аnvar oromgohda dam olayotgan oʼquvchilarga yoʼl transport hodisalarini oldini olish, yoʼlllarda harakat xavfsizligini taʼminlash boʼyicha koʼrsatmalar berib, tushuntirish ishlarini olib bordilar. Suhbat davomida oʼquvchilarga yoʼllarda harakatlanish koidalari oʼrgatildi. Shuningdek, oʼquvchi yoshlarga Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 11 iyuldagi “Yoʼl harakati xavfsizligini taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi qarori, 2018-2022 yillarda Oʼzbekiston Respublikasida yoʼl harakati xavfsizligini taʼminlash kontseptsiyasining mazmun-mohiyati tushuntirildi.
Kontseptsiyaning asosiy gʼoyalaridan biri bu - yoʼl harakatini ishonchli, xavfsiz tarzda, sifat darajasi yangicha bulgan holda tashkil qilish va sohadagi davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish ekanligi taʼkidlandi. Yoʼl harakati xavfsizligini taʼminlashda nafaqat soha xodimlari, balki yoʼl harakati har bir ishtirokchisining masʼuliyati ekanligi, har bir insonni uzi va atrofidagilar hayoti uchun masʼuliyatni chuqur his qilishi lozimligi aytib oʼtildi.
Qiziltepa tuman oʼquv-sport texnika klubi avtotransport vositalarini boshqaruvchi usta Yoziev Аnvar oʼquvchilarga hozirgi kunda yoʼl-transport xodisalarining har uchtadan bittasi piyodalar ishtirokida sodir etilayotganidan kelib chiqib, Kontseptsiyada piyodalar qoidabuzarligi masalasiga ham alohida eʼtibor qaratilganligi, jumladan, piyodalarda yoʼl harakati qoidalariga rioya qilish madaniyatini oshirish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda qoidabuzar piyodalar shaxsini aniqlash mexanizmi va ular tomonidan sodir etilgan huquqbuzarliklar toʼgʼrisida elektron protokollarni rasmiylashtirish tartibini joriy etish boʼyicha aniq vazifalar belgilanganligi, piyodalar harakatni toʼxtatishi va boshlashi toʼgʼrisida ogohlantirishning zamonaviy signal beruvchi tizimlarini joriy etish, piyodalar uchun yangi oʼtish joylari tashkil qilish koʼzda tutilganligi toʼgʼrisida maʼlumot berdi.
Qiziltepa tuman oʼquv-sport texnika klubi boshliq oʼrinbosari Raʼno Tosheva soʼzga chiqib, oʼquvchi yoshlar yoʼl harakati xavfsizligi tizimining asosiy boʼgʼini ekanligi haqida taʼkidlab oʼtdi. Keyingi yillarda umumtaʼlim maktablarida "Yoʼl harakati qoidalari" darsi mutlaqo oʼtilmay qolgan edi. Endi maktabgacha taʼlim muassasalarida bolalarga yoʼl harakati xavfsizligi asoslarini oʼqitish tizimi yoʼlga quyilishi, umumtaʼlim maktablarida esa oʼquvchilarga yoʼl harakati, yongʼin xavfsizligi, favqulodda vaziyatlarda harakatlanish qoidalarini oʼrgatuvchi dasturlarni oʼz ichiga olgan "Hayot xavfsizligi asoslari" fanidan saboq berilishi haqida gapirdi. Bolalarga "Yoʼl harakati qoidalari", jumladan, velosiped haydash kunikmasi va yoʼllardan oʼtish tartibi ilgʼor xorij tajribasi asosida oʼrgatib borilishi, Norvegiya tajribasi asosida "Yoʼl harakati qoidalari" oʼrgatilishini tashkil etish uchun maxsus jihozlangan avtoburchaklar yaratilishi, bundan tashqari, 18 yoshga toʼlgan, taʼlim olgan va imtihonni belgilangan tartibda muvaffaqiyatli topshirgan shaxslarga "А" va "V" toifasidagi haydovchilik guvohnomasini shahodatnomaga qoʼshib taʼlim muassasasida berish yunalishida ham ish olib borilishi boʼyicha tushunchalar berildi.
Jumladan, transport vositasini mast holatda boshqarganlik DYHXX xodimlarining transport vositasini toʼxtatish boʼyicha qonuniy talabini bajarmaganlik yoʼl-transport xodisasi sodir etilgan joyni tark etganlik kabi qonunbuzarliklar uchun maʼmuriy va jinoiy javobgarlikni kuchaytirish hamda yoʼl-transport hodisasi ishtirokchilari boʼlgan va DYHXX ruxsatisiz transport vositasini taʼmirlab olgan shaxslar javobgarligini belgilash choralari toʼgʼrisidagi maʼlumotlar oʼquvchi yoshlar uchun muhim maʼlumot sifatida qabul qilindi, xorij tajribasini har tomonlama va atroflicha oʼrganib chiqish hisobiga ball toʼplab borish tizimini joriy etishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjat loyihasi tayyorlanayotganligi toʼgʼrisida maʼlumot berdi.
Davra suhbati savol-javob tariqasida oʼtkazildi. Davra suhbati davomida oʼquvchi yoshlar oʼzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

So`nggi yangiliklar

  • “Vatanparvar” tashkiloti Samarqand viloyat kengashining navbatdagi IV yigʼilishi...
    15.08.2019
    2103
  • Sogʼlomlashtirish oromgohidagi yoshlar oʼrtasida musobaqa oʼtkazildi...
    14.08.2019
    1365
  • Fargʼonalik merganlar gʼoliblik uchun bellashdi...
    13.08.2019
    1238
  • Eng sara merganlar munosib taqdirlandi...
    12.08.2019
    1074
  • Oʼq otish sport turi boʼyicha Xorazm viloyat kubok musobaqasi oʼtkazildi...
    09.08.2019
    1181
  • “Yoshlar mustaqil yurt tayanchi”...
    09.08.2019
    1334