Сайт работает в тестовом режиме!

Muallifga xatolar bo`yicha xabar berish



Yongʼin xavfsizligi qoidalari yuzasidan seminar oʼtkazildi

“Vatanparvar” tashkiloti Аndijon viloyati kengashi tomoindan mamlakatimizda kuzatilayotgan ob-havo haroratining yuqori darajada issiq boʼlayotganligi munosabati bilan tashkilot xodimlari va oʼquv muassasalarda tahsil olayotgan oʼquvchilarning sogʼligini saqlash, shuningdek, baxtsiz xodisalar va yongʼinlarning oldini olish maqsadida joylardagi yongʼin xavfsizligi xizmatlari va tez tibbiy xodimlar mutaxassislari, favqulotda vaziyatlar mutaxassislari ishtirokida bir qator amaliy koʼrgazmali oʼquv mashgʼulotlari tashkil etilmoqda.
Shunday tadbirlardan biri “Vatanparvar” tashkiloti Qoʼrgʼontepa tumani oʼquv sport texnika klubida tashkil etildi.
Tadbirda “Vatanparvar” tashkiloti Аndijon viloyati kengashining mutaxassisi R.Qodirov, Favqulotda vaziyatlar Qoʼrgʼontepa tuman boʼlimi Yongʼin xavfsizligi boʼlinmasi boshligʼi podpolkovnik А.Zokirov hamda xamkor tashkilotlar, Marxamat, Xoʼjaobod, Buloqboshi, Jalaquduq, Xonobod OʼSTK yongʼin xavfsizligi yoʼnalishi boʼyicha masʼul xodimlari bilan birgalikda va Qoʼrgʼontepa oʼquv sport texnika klubi ishchi xodimlari hamda ommaviy kasb xodimlari tayyolash guruhlari tinglovchilari ishtirokida oʼquv amaliy mashgʼulotlari oʼtkazildi.
Mashgʼulot davomida soha mutaxassislari tashkilot ishchi xodimlari va oʼquvchilarga yongʼinlarni oldini olish, kuyish, elektr toki, issiqlik va quyosh nuri zarbasidan jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam koʼrsatish favqulotda bunday xodisalar roʼy berganda oʼt oʼchirish moslamalaridan amalda toʼgʼri foydalanish tartiblari boʼyicha yoʼriqnomalar berilib amalda foydalanish tartiblarini namoyish etib berdilar.
Tadbir davomida soha mutaxassislari tomonidan “Vatanparvar” tashkilotda mavjud oʼt oʼchirish moslamalarining holati tekshirilib, qayta sinovdan oʼtkazildi.

So`nggi yangiliklar

  • “Vatanparvar” tashkiloti Samarqand viloyat kengashining navbatdagi IV yigʼilishi...
    15.08.2019
    2103
  • Sogʼlomlashtirish oromgohidagi yoshlar oʼrtasida musobaqa oʼtkazildi...
    14.08.2019
    1364
  • Fargʼonalik merganlar gʼoliblik uchun bellashdi...
    13.08.2019
    1237
  • Eng sara merganlar munosib taqdirlandi...
    12.08.2019
    1074
  • Oʼq otish sport turi boʼyicha Xorazm viloyat kubok musobaqasi oʼtkazildi...
    09.08.2019
    1181
  • “Yoshlar mustaqil yurt tayanchi”...
    09.08.2019
    1334