Сайт работает в тестовом режиме!

Muallifga xatolar bo`yicha xabar berish



“Biz vatanparvarlarmiz!”

“Vatanparvar” tashkiloti Аndijon viloyat kengashi tomonidan Marhamat tumani Polvontosh shaharchasida joylashgan Ijtimoiy iqtisodiyot va pedagogika kollejida “Biz vatanparvarlarmiz!” shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy, sport va madaniy tadbir oʼtkazildi. 
Tadbir Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12-dekabrdagi “Yoshlarni vatanparvarlik ruhida va jismoniy tarbiyalash hamda chaqiriluvchilarini harbiy-texnik mutaxassisliklar boʼyicha tayyorlash tartibini takomillashtirish boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisidagi PQ-4061-sonli Qarorida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash, viloyatimizning chekka hududlarida istiqomat qilayotgan aholi, ayniqsa, yoshlarni sportning texnik va amaliy turlari bilan yanada yaqinroq tanishtirish orqali ularni ushbu sport turlariga ommaviy ravishda jalb etishga erishish, yoshlarda faol fuqarolik pozitsiyasini shakillantirish, isloxotlarga daxldorlik tuygʼusini tarbiyalash va yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, davlatimiz tomonidan yaratib berilgan imkoniyatlarni keng targʼib etish maqsadida tashkil etildi.
Tadbir davomida yoshlarni sportning texnik va amaliy turlariga boʼlgan qiziqishlarini hamda kollej mamuriyati va oʼquvchilarning bildirilgan takliflariga asosan kollej hududida “Vatanparvarlik klubi” hamda sport toʼgaraklarini tashkil etishga kelishib olindi. 
“Biz vatanparvarlarmiz!” shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy, sport va madaniy tadbirda sportning teknik va amliy turlariga kiruvchi sport turlarining koʼrgazmali namoyi yoshlarda katta taassurot qoldirdi. Mazkur tadbirda 700 dan ziyod aholi va yoshlar ishtirok etdilar.

So`nggi yangiliklar

  • “Vatanparvar” tashkiloti Samarqand viloyat kengashining navbatdagi IV yigʼilishi...
    15.08.2019
    2103
  • Sogʼlomlashtirish oromgohidagi yoshlar oʼrtasida musobaqa oʼtkazildi...
    14.08.2019
    1364
  • Fargʼonalik merganlar gʼoliblik uchun bellashdi...
    13.08.2019
    1237
  • Eng sara merganlar munosib taqdirlandi...
    12.08.2019
    1073
  • Oʼq otish sport turi boʼyicha Xorazm viloyat kubok musobaqasi oʼtkazildi...
    09.08.2019
    1181
  • “Yoshlar mustaqil yurt tayanchi”...
    09.08.2019
    1334