Сайт работает в тестовом режиме!

Muallifga xatolar bo`yicha xabar berish



Yoz oʼtmoqda soz.

“Vatanparvar” tashkiloti Beruniy tuman kengashi Oʼzbekiston Yoshlar Ittifoqi tuman kengashi bilan hamkorlikda Pedagogika kasb-hunar kollejida joylashgan yozgi “Roxat” bolalar oromgohida “Havo bosimli miltiqdan oʼq otish” sport musobaqasi oʼtkazildi.
Tadbirda Oʼzbekiston Yoshlar ittifoqi tuman kengashi rais oʼrinbosari А.Oʼrazniyazov, tuman Xalq taʼlimi boʼlimi xodimlari, yaʼni oromgoh tarbiyachilar S.Latipova hamda А.Diysenovalar, “Vatanparvar” tashkilotidan sport ishlari boʼyicha boshliq oʼrinbosari А.Аxmanov va sport murabbiy Sh.Аllaqovalar, jami 55 nafar oʼquvchi-yoshlar ishtirok etdi.
Musobaqani oʼtkazishdan maqsad yoshlar va fuqarolarni maʼnaviy-axloqiy va harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning ongiga vatanparvarlik, Vatanga muhabbat, mehnatga masʼuliyatli munosabat, sportning texnik va amaliy turlari rivojlantirilishi va ommalashtirilishini taʼminlash, sport tashkilotlari va jamoalari faoliyatiga koʼmaklashishdan iborat. 
Oʼzbekiston Yoshlar ittifoqi tuman kengashi raisining oʼrinbosari А.Oʼrazniyazov kirish soʼzi bilan tadbirni ochib berdi va Oʼzbekiston Yoshlar Ittifoqi va “Vatanparvar” tashkilotining hamkorlikda olib borayotgan ishlari toʼgʼrisida qisqacha tushuntirish ishlari olib bordi. Shundan soʼng “Vatanparvar” tashkilotidan sport ishlari boʼyicha boshliq oʼrinbosari А.Аxmanov tashkilotning maqsad va vazifalari haqida gapirib, ushbu musobaqada qatnashayotgan oʼquvchilar orasida sportning texnik va amaliy turiga qiziqganlar boʼlsa, tashkilotda faoliyat olib borayotgan sport sektsiyalarga aʼzo boʼlishlari mumkinligini aytib oʼtdi.
Sport murabbiy Sh.Аllaqova oʼquvchilarni xavfsizlik va musobaqa oʼtkazilish tartib-qoidalari bilan tanishtirdi. Keyin musobaqaga start berildi. Musobaqa juda qizgʼin, taassurotlarga boy tarzda boʼlib oʼtdi.
Musobaqa yakuniga koʼra VP-mashqi boʼyicha quyidagi ishtirokchilar gʼolib deb topildi:
1-oʼrin Kutlimuratov Nurislom,
 2-oʼrin Ismailov Begzod,
 3-oʼrin Qurbonbaev Suhrob. 
 Musobaqada gʼoliblikni qoʼlga kiritgan oʼgʼil va qiz bolalar hamkor tashkilotlar hamda “Vatanparvar” tashkiloti tomonidan esdalik sovgʼalari va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.

So`nggi yangiliklar

  • “Vatanparvar” tashkiloti Samarqand viloyat kengashining navbatdagi IV yigʼilishi...
    15.08.2019
    2103
  • Sogʼlomlashtirish oromgohidagi yoshlar oʼrtasida musobaqa oʼtkazildi...
    14.08.2019
    1364
  • Fargʼonalik merganlar gʼoliblik uchun bellashdi...
    13.08.2019
    1237
  • Eng sara merganlar munosib taqdirlandi...
    12.08.2019
    1073
  • Oʼq otish sport turi boʼyicha Xorazm viloyat kubok musobaqasi oʼtkazildi...
    09.08.2019
    1180
  • “Yoshlar mustaqil yurt tayanchi”...
    09.08.2019
    1333