Сайт работает в тестовом режиме!

Muallifga xatolar bo`yicha xabar berish



Bolajonlar oʼrtasida duatlon sport turi boʼyicha musobaqa oʼtkazildi.

          Oʼzbekiston mudofaasiga koʼmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Namangan viloyati texnik va amaliy sport turlari markazi tomonidan Namangan shahar Maktabgacha taʼlim boshqarmasi, Oʼzbekiston Yoshlar ittifoqi Namangan shahar kengashi bilan hamkorlikda 41-sonli MTMda shahardagi MTM tarbiyalanuvchilari oʼrtasida “Duatlon” boʼyicha Namangan shahar Birinchiligi musobaqasi oʼtkazildi.

      Musobaqada Namangan shahridagi 23, 38, 41, 42, 43, 44, 45, 46, 47, 48-sonli MTM tarbiyalanuvchilaridan iborat jamoalar ishtirok etishdi. Musobaqa qizgʼin va baxslarga boy tarzda oʼtdi. Musobaqaning yakuniy natijalariga koʼra:

 Oʼgʼil bolalar:

I oʼrinni 23-sonli MTM tarbiyalanuvchisi Аbdusalomov Bahodir;

II oʼrinni 48-sonli MTM tarbiyalanuvchisi Toxirov Аbdulaziz;

III oʼrinni 42-sonli MTM tarbiyalanuvchisi Zaxroxoʼjaev Hasanboy egalladi.

 Qiz bolalar:

I oʼrinni 41-sonli MTM tarbiyalanuvchisi Maxmudova Fotima;

II oʼrinni 48-sonli MTM tarbiyalanuvchisi Gʼulomjonova Dilsoʼz;

III oʼrinni 42-sonli MTM tarbiyalanuvchisi Zaxroxoʼjaeva Zuxra qoʼlga 

Umumjamoa hisobida:

I oʼrinni 48-sonli MTM jamoasi;

II oʼrinni 42-sonli MTM jamoasi;

III oʼrinni 41-sonli MTM jamoasi egalladi.

 

            Musobaqa yakunida “Vatanparvar” tashkiloti Viloyat texnik va amaliy sport turlari markazi direktorining Harbiy-vatanparvarlik va yoshlar bilan ishlash boʼyicha oʼrinbosari А.Misirov va sport boʼyicha oʼrinbosar M.Nuriddinovlar soʼzga chiqib musobaqa ishtirokchilarini gʼoliblik bilan qizgʼin tabriklab, gʼoliblarga “Vatanparvar” tashkilotining esdalik sovgʼalari va faxriy yorliqlarini topshirdi.

So`nggi yangiliklar

  • “Vatanparvar” tashkiloti Samarqand viloyat kengashining navbatdagi IV yigʼilishi...
    15.08.2019
    2103
  • Sogʼlomlashtirish oromgohidagi yoshlar oʼrtasida musobaqa oʼtkazildi...
    14.08.2019
    1364
  • Fargʼonalik merganlar gʼoliblik uchun bellashdi...
    13.08.2019
    1237
  • Eng sara merganlar munosib taqdirlandi...
    12.08.2019
    1073
  • Oʼq otish sport turi boʼyicha Xorazm viloyat kubok musobaqasi oʼtkazildi...
    09.08.2019
    1180
  • “Yoshlar mustaqil yurt tayanchi”...
    09.08.2019
    1333