Buxoro shahar oʼt oʼchiruvchilar sport oʼyingohida yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan “Mega sport” musobaqalarini viloyat bosqichi oʼtkazildi.
Tadbirning ochilish marosimida davlat va jamoat tashkilotlari, Yoshlar ittifoqi, DXX Chegara qoʼshinlari, viloyat hokimligi, Oʼrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi, viloyat Favkulotda vaziyatlar boshqarmasi, Oʼzbekiston mudofaaga koʼmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti viloyat kengashi, viloyat Xalq taʼlimi boshqarmasi hamda OАV vakillari qatnashdilar.
“Vatanparvar” tashkiloti tomonidan harbiy sport oʼyinlarida oʼq otish sport turi boʼyicha murrabiylar va oʼq otish sport turi boʼyicha sport anjomlari bilan taʼminlandi.
Musobaqa gʼoliblarini “Vatanparvar” tashkiloti Buxoro viloyat kengashi tomonidan fahriy yorliq va esdalik sovgʼalar bilan taqdirlandi.