Сайт работает в тестовом режиме!

Muallifga xatolar bo`yicha xabar berish



“Bolalarga bering dunyoni”

       Oʼzbekiston Nogironlar jamiyati Navoiy viloyat boʼlimi, Oʼzbekiston mudofaasiga koʼmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Qiziltepa tuman kengashi, Navoiy viloyat Аdliya boshqarmasi Qiziltepa tuman boʼlimi, Oʼzbekiston Yoshlar ittifoqi Qiziltepa tuman Kengashi tomonidan “Bolalarga bering dunyoni” shiori ostida “Har bir insonga mehr-muruvvat koʼrsatish burchimiz!” loyihasi doirasida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʼtkazildi.
 
     Tadbirda nogiron bolalar oʼrtasida oʼtkaziladigan “Maftunkor ranglar dunyosi” rasmlar koʼrik-tanlovining tuman bosqichi hamda sportning shashka turi boʼyicha musobaqa oʼtkazildi. 
 
     Tadbir ishtirokchilarini Qiziltepa tuman oʼquv sport texnika klubi boshliq oʼrinbosari R.Tosheva hamda Oʼzbekiston Nogironlar jamiyati Navoiy viloyat boʼlimi raisi X.Hasanovalar tabriklab ularga omad tiladilar. 
 
      Koʼrik-tanlovda Suvonov Dilshod 1-oʼrinni, Hikmatullaev Аsilbek 2-oʼrinni, Isroilova Bahora 3-oʼrinni egalladi.
Koʼrik-tanlov va musobaqa gʼoliblari, ishtirokchilari hamkor tashkilot tomonidan diplom, faxriy yordik, esdalik sovgʼalari bilan taqdirlandi. 
Tadbir ishtirokchilari uchun bayram dasturxoni yozilib, kontsert dasturi namoyish etildi. Bolalar sport maktabi tarbiyalanuvchilari qizlarining gimnastika chiqishlari, Аzimova Roziyaning dutor cholgʼu asbobidagi kuylari barchada katta taassurot qoldirdi.

So`nggi yangiliklar

  • “Vatanparvar” tashkiloti Samarqand viloyat kengashining navbatdagi IV yigʼilishi...
    15.08.2019
    2103
  • Sogʼlomlashtirish oromgohidagi yoshlar oʼrtasida musobaqa oʼtkazildi...
    14.08.2019
    1364
  • Fargʼonalik merganlar gʼoliblik uchun bellashdi...
    13.08.2019
    1237
  • Eng sara merganlar munosib taqdirlandi...
    12.08.2019
    1073
  • Oʼq otish sport turi boʼyicha Xorazm viloyat kubok musobaqasi oʼtkazildi...
    09.08.2019
    1180
  • “Yoshlar mustaqil yurt tayanchi”...
    09.08.2019
    1333