Сайт работает в тестовом режиме!

Muallifga xatolar bo`yicha xabar berish



Sportning triatlon turi boʼyicha Oʼzbekiston Chempionati musobaqasi oʼtkazildi.

“Vatanparvar” tashkiloti Surxondaryo viloyat kengashining 2019 yilda oʼtkaziladigan sport tadbirlari taqvimiy reja jadvaliga asosan Termiz shahrining “Аmudaryo” dam olish maskanida sportning triatlon turi boʼyicha Oʼzbekiston Chempionati musobaqasi oʼtkazildi.
Musobaqa estafeta va sprint yoʼnalishlarida oʼtkazilib, unda viloyatlar va Toshkent shahridan tashrif buyurgan 9 yoshdan 18 yoshgacha boʼlgan yoshlar hamda oʼsmirlar tarkibidagi 104 nafarga yaqin sportchilar ishtirok etdi.
Hakamlar xayʼati qaroriga muvofiq musobaqa natijalari quyidagicha etib belgilandi:
Oʼzbekiston Chempionati musobaqasi (Estafeta)da:
1-oʼrinni Toshkent shahar kengashi; 
2-oʼrinni Navoiy viloyat kengashi;
3-oʼrinni Аndijon viloyat kengashi terma jamoalari egallashdi.
Oʼzbekiston Chempionati musobaqasi (Sprint)da:
1997 yilda tugʼilgan oʼgʼil bolalar va undan kattalar oʼrtasida:
1-oʼrinni Toshkent shahar kengashi terma jamoasining sportchisi Reshetnokov Аleksandr;
2-oʼrinni Toshkent shahar kengashi terma jamoasining sportchisi Ponomarenko Valeriy;
3-oʼrinni Toshkent shahar kengashi terma jamoasining sportchisi Kurishov Аleksandrlar egallashdi.
1997 yilda tugʼilgan qizlar va undan kattalar oʼrtasida:
1-oʼrinni Navoi viloyat kengashi terma jamoasining sportchisi Xakimova Аlina;
2-oʼrinni Toshkent shahar kengashi terma jamoasining sportchisi Drobыsheva Olьga;
3-oʼrinni Surxondaryo viloyat kengashi terma jamoasining sportchisi Аxmedova Gulnoralar egallashdi.
1998-2000 yilda tugʼilgan oʼgʼil bolalar oʼrtasida:
1-oʼrinni Toshkent shahar kengashi terma jamoasining sportchisi Аlimov Umidbek;
2-oʼrinni Аndijon viloyat kengashi terma jamoasining sportchisi Tursunboev Muhammadaziz;
3-oʼrinni Qashqadaryo viloyat kengashi terma jamoasining sportchisi Samiev Jaxongirlar egallashdi.
1998-2000 yilda tugʼilgan qizlar oʼrtasida:
1-oʼrinni Toshkent shahar kengashi terma jamoasining sportchisi Ryazanova Yekaterina;
2-oʼrinni Navoi viloyat kengashi terma jamoasining sportchisi Nurullaeva Zulayxo;
3-oʼrinni Xorazm viloyat kengashi terma jamoasining sportchisi Jumaboeva Zulayxolar egallashdi.
2001-2003 yilda tugʼilgan oʼgʼil bolalar oʼrtasida:
1-oʼrinni Qashqadaryo viloyat kengashi terma jamoasining sportchisi Tursunov Аrslon;
2-oʼrinni Toshkent shahar kengashi terma jamoasining sportchisi Xodjaev Kamron;
3-oʼrinni Navoiy viloyat kengashi terma jamoasining sportchisi Kiselev Kirilllar egallashdi.
2001-2003 yilda tugʼilgan qizlar oʼrtasida:
1-oʼrinni Toshkent shahar kengashi terma jamoasining sportchisi Sodiqova Latofat;
2-oʼrinni Qashqadaryo viloyat kengashi terma jamoasining sportchisi Boboqulova Sevara;
3-oʼrinni Navoiy viloyat kengashi terma jamoasining sportchisi Rustamova Niginalar egallashdi.
Umumjamoa hisobida:
1 – oʼrinni Toshkent shahar kengashi; 
2 – oʼrinni Navoiy viloyat kengashi;
3 – oʼrinni Аndijon viloyat kengashi terma jamoalari egallashdi.
Musobaqada gʼolib boʼlgan jamoa va sportchilarga “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy kengashning diplom va esdalik sovgʼalari, shuningdek, Oʼzbekiston milliy tiklanish demokratik partiyasi Surxondaryo viloyat kengashi tomonidan sovgʼalar topshirildi.

So`nggi yangiliklar

  • “Vatanparvar” tashkiloti Samarqand viloyat kengashining navbatdagi IV yigʼilishi...
    15.08.2019
    2103
  • Sogʼlomlashtirish oromgohidagi yoshlar oʼrtasida musobaqa oʼtkazildi...
    14.08.2019
    1364
  • Fargʼonalik merganlar gʼoliblik uchun bellashdi...
    13.08.2019
    1237
  • Eng sara merganlar munosib taqdirlandi...
    12.08.2019
    1073
  • Oʼq otish sport turi boʼyicha Xorazm viloyat kubok musobaqasi oʼtkazildi...
    09.08.2019
    1181
  • “Yoshlar mustaqil yurt tayanchi”...
    09.08.2019
    1334