Сайт работает в тестовом режиме!

Muallifga xatolar bo`yicha xabar berish



“Vatanparvar” tashkiloti Toshkent shahar Kengashi tomonidan “Biz vatanparvarlarmiz!” shiori ostida festival oʼtkazildi

“Vatanparvar” tashkiloti Toshkent shahar kengashi tomonidan “Biz Vatanparvarlarmiz!” festivali tashkil etildi. Festivalь Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12 dekabrdagi “Yoshlarni vatanparvarlik ruhida va jismoniy tarbiyalash hamda chaqiriluvchilarini harbiy-texnik mutaxassisliklar boʼyicha tayyorlash tartibini takomillashtirish boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi PQ-4061-sonli Qarorida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash, yoshlarga oid davlat siyosati toʼgʼrisidagi qonun ijrosi yuzasidan oʼtkazildi. 
Festival Oʼzbekiston Respublikasi bayrogʼi va “Vatanparvar” tashkiloti bayrogʼi oʼrnatilgan holda “Vatanparvar” tashkiloti tasarrufidagi kobalьt, lasetti, neksiya rusumli 30 ta oʼquv avtomobillari, sport avtomobillari, mototsikllaridan iborat avtokarvonining Paxtakor koʼchasi - А.Navoiy shoh koʼchasi - Beruniy shoh koʼchasi - Universitet koʼchalari orqali Toshkent shahar “Yoshlar markazi”ga kirib borishi bilan boshlandi.
Shundan soʼng, poytaxmiz yoshlari, “Vatanparvar” tashkiloti sportchilari va xodimlari bilan toʼlgan Yoshlar markazi hududida sportning texnik va amaliy turlari koʼrgazmasi bilan bir qatorda, Toshkent shahar “Vatanparvar” tashkiloti tasarrufida mavjud “Raketamodelь”, “Аviamodelь”, “Pnevmatik miltiqlar”, “Triatlon”, “Motokross”, “Baggi”, “Karting” kabi sportning texnik va amaliy turlari koʼrgazmasi oʼtkazildi. Mazkur koʼrgazmani katta qiziqish bilan kuzatgan yoshlar va festivalь mehmonlari raketamodelining uchirilishiga ham guvoh boʼldilar. 
Yoshlar markazida oʼtkazilgan tadbir bilan bir vaqtda Olmazor tumanidagi 233-sonli umumtaʼlim maktabida Toshkent shahar “Vatanparvar” tashkiloti tomonidan tashkil etilgan yoʼl harakati maydonchasida “Yoʼl qoidasi umr foydasi!” mavzusida tadbir boʼlib oʼtdi. 
Tadbirda Toshkent shahar “Vatanparvar” tashkiloti tasarrufidagi Olmazor tuman Oʼquv sport texnika klubi xodimlari Toshkent shahar IIB YXHB xodimlari bilan hamkorlikda 233-maktab qoshida tashkil etilgan yozgi bolalar dam olish oromgohi tarbiyalanuvchilariga yoʼllarda harakatlansh qoidalarini oʼrgatdilar. 
Festivalь doirasida tadbir mexmonlarini Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va ularni sportning texnik va amaliy turlariga jalb etish maqsadida Toshkent shahar “Vatanparvar” tashkiloti tomonidan Toshkent shahar yoshlar markazida tashkil etilgan “Vatanparvarlik klubi” faoliyati bilan ham tanishtirilganidan keyin, yoshlar markazining katta faollar zalida yoshlar, Toshkent shahar Xalq taʼlimi boshqarmasi, Mudofaa ishlari boʼlimi, Toshkent shahar IIB, Toshkent shahar IIB qoshidagi akademik litsey “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy Kengashi, tashkilot sportchilari, Oʼzbekiston Milliy gvardiyasi qoʼmondonligi va xarbiy texnika instituti, poytaxtimizda istiqomat qilayotgan mustaqilligimizni himoya qilish yoʼlida vafot etganlarning oila aʼzolari ishtirokida Markaziy Kengashi raisining harbiy vatanparvarlik va yoshlar bilan ishlash yoʼnalishi boʼyicha oʼrinbosari M.Umarovning “Yoshlarning harbiy-vatanparvarlik tarbiyasi (nazariy va amaliy asoslari)” nomli qoʼllanma taqdimoti boʼlib oʼtdi. Kitob mualliflarining mavzu yuzasidan maʼruzalaridan soʼng soʼz navbati Toshkent shahar “Vatanparvar” tashkiloti sportchilari Аleksandr Reshetnikov, Umid Аlimov, Yekatirina Ryazonovalarga berildi. Ular oʼz soʼzlarida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12 dekabrdagi “Yoshlarni vatanparvarlik ruhida va jismoniy tarbiyalash hamda chaqiriluvchilarini harbiy-texnik mutaxassisliklar boʼyicha tayyorlash tartibini takomillashtirish boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi Qarori va uning “Vatanparvar” tashkiloti sportchilari faoliyatidagi roli toʼgʼrisida taʼkidlab oʼtdilar.
Yigʼilganlar sportchilarning erishgan yutuqlari, ularga yaratilgan imkoniyatlar toʼgʼrisidagi soʼzlarini havas bilan tingladilar. Sporchilarning chiqish soʼzlaridan soʼng mustaqilligimizni himoya qilish yoʼlida vafot etganlarning oila aʼzolari soʼzga chiqdilar. Ular Vatan himoyasi muqaddas burch ekanligi, ularning yaqinlarining qaxramonlarcha halok boʼlgani albatta ogʼir yoʼqotish lekin bu yoʼqotish Vatan himoyasi yoʼlida boʼlgani juda katta gʼurur va faxr ekanligini taʼkidlab oʼtdilar. 
Tadbir soʼngida Mustaqilligimizni himoya qilish yoʼlida vafot etganlarning oila aʼzolariga esdalik sovgʼalari taqdim etish bilan bir qatorda festivalga tashrif buyurgan mutasaddi tashkilotlar vakillariga “Yoshlarning harbiy-vatanparvarlik tarbiyasi (nazariy va amaliy asoslari)” nomli qoʼllanma faoliyatda foydalanish uchun taqdim etildi. Shuningdek, “Vatanparvar” tashkiloti futbolkalari tadbir ishtirokchilariga sovgʼa tariqasida topshirildi.
Tadbir mehmonlariga koʼtarinki kayfiyat bagʼishlash maqsadida, musiqiy orkestr kontsert dasturi bilan yakunlandi.

So`nggi yangiliklar

  • “Vatanparvar” tashkiloti Samarqand viloyat kengashining navbatdagi IV yigʼilishi...
    15.08.2019
    2103
  • Sogʼlomlashtirish oromgohidagi yoshlar oʼrtasida musobaqa oʼtkazildi...
    14.08.2019
    1364
  • Fargʼonalik merganlar gʼoliblik uchun bellashdi...
    13.08.2019
    1237
  • Eng sara merganlar munosib taqdirlandi...
    12.08.2019
    1073
  • Oʼq otish sport turi boʼyicha Xorazm viloyat kubok musobaqasi oʼtkazildi...
    09.08.2019
    1181
  • “Yoshlar mustaqil yurt tayanchi”...
    09.08.2019
    1334