E`LON

icon 23.07.2021

icon 116
image

OʼZBEKISTON RESPUBLIKАSI MUDOFААSIGА KOʼMАKLАShUVChI “VАTАNPАRVАR” TАShKILOTI OʼZINING YANGI BАYROGʼI VА EMBLEMАSI YARАTILIShI BOʼYIChА TАNLOV E`LON QILАDI !!!

“Vatanparvar” tashkilotining imijini shakllantirish, aholi, ayniqsa, yoshlar oʼrtasida ynga xayrixohlik tuygʼusini oshirish hamda jamoatchilik eʼtiborini jalb qilish maqsadida, “Vatanparvar” tashkiloti oʼzining yangi bayrogʼi va emblemasi yaratilishi boʼyicha tanlov eʼlon qiladi!
Tanlov barcha ishtirokchilar uchun ochiqdir. Tanlovda Oʼzbekiston Respublikasi rezidentlari, yaʼni 18 yoshga toʼlgan jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar ishtirok etish huquqiga ega.
Barcha maʼlumotlar “Vatanparvar” tashkilotining rasmiy sayti – www.vatanparvar.uz, “Telegram” messenjeridagi kanali hamda “Facebook” va “Instagram” ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalarida berib boriladi.

Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi shartlarni bajarish lozim:

  1. Tanlov Nizomi bilan tanishib chiqish.
  2. “Vatanparvar” tashkilotining yangi bayrogʼi va emblemasini JPEG (JPG) yoki PNG, matnlarni PDF formatida yaratish.
  3. Tanlovga materiallar “Ramzlar tanlovi” belgisi qoʼyilgan mkvatanparvar@yandex.ru elektron pochta manziliga ariza bilan birga yuboriladi yoki ishtirokchi tomonidan shaxsan elektron shaklda (fleshka, CD-diskda) konvertga solingan va muhrlangan xolda quyidagi manzilga yetkaziladi: 100017, Toshkent shaxri, Osiyo koʼchasi, 86-А uy
    Maʼlumot uchun telefon raqamlar: (71) 235-46-17, (78) 150-31-55, (71) 234-85-62,
    (71) 235-52-34, e-mail: mkvatanparvar@yandex.ru.

Bayroq va emblemani ishlab chiqishga quyidagi talablar qoʼyiladi:

  1. “Vatanparvar” tashkilotining bayrogʼi va emblemasi davlat ramziy belgilari (davlat bayrogʼi va gerbi)ga oʼxshamasligi kerak.
  2. Intellektual faoliyat obʼektlari (natijalari) sifatida roʼyxatdan oʼtkazilmagan, shuningdek intellektual mulk obʼektlari (natijalari)ning himoyalangan boʼlishi va chalkash oʼxshash elementlarini oʼz ichiga olmasligi lozim;
  3. Hech qachon mukofatlangan va/yoki ilgari taqdim etilgan yoki foydalangan boʼlishi mumkin emas. Shuningdek, boshqa tanlovlarda namoyish etilmagan va ushbu tanlov davomida boshqa joylarda ishlatilmagan boʼlishi kerak.
  4. Bayroq va emblema berilgan mavzuga mos boʼlgan obrazni yaratishi kerak.
  5. Bayroq va emblemaning asosiy grafik elementlari bir xil darajada yaxshi qabul qilinishi va foydalanish uchun moʼljallangan har qanday usulda oʼzining maʼnosini yoʼqotmasligi kerak.
  6. Bayroq va emblemaning ranglarini tanlash ixtiyoriy (yoki kombinatsiyalashgan holda).

Tanlov bir bosqichda 2021 yilning 1 sentyabr kunigacha oʼtkaziladi. Ushbu muddatdan kechikib yuborilgan ishlar tanlov komissiyasi tomonidan koʼrib chiqilmaydi.

Tanlov gʼoliblari quyidagicha taqdirlanadi:

  • eng yaxshi bayroq uchun – diplom va 5.000.000 soʼm (soliq toʼlovlarini hisobga olmagan holda);
  • eng yaxshi emblema uchun — diplom va 5.000.000 soʼm (soliq toʼlovlarini hisobga olmagan holda).

Tanlovning xolisligi va shaffofligi taʼminlanadi hamda xar bir ishtirokchiga tanlovda qatnashish uchun bir xil shart-sharoitlar yaratiladi.